25-dekabr kuni Qozog‘iston g‘arbidagi Aqtau shahrida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbayev ma’lum qildi, deya uning so‘zlarini keltirmoqda Tengrinews.kz.

29 kishi, jumladan, 3 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlar orasida: 15 nafar Ozarbayjon fuqarosi, to‘qqiz nafar Rossiya fuqarosi, ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi bor, yana uch kishining fuqaroligi aniqlanmoqda.

Tarmoqda yangi kadrlar paydo bo‘ldi — samolyotning dush qismida yoriqlarni ko‘rish mumkin.

Video “112” va Baza Telegram kanallari tomonidan e’lon qilindi. Ular yoriqlar o‘qqa tutilgandan yoki zarar yetkazuvchi elementli qurilma portlatilgandan keyin qolgan teshiklarga o‘xshashiga e’tibor berdi.

Hozircha Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti halokatining sababi rasman e’lon qilinmagan. Rossiya havo transporti federal agentligi (Rosaviatsiya) samolyot qushlar bilan to‘qnashuvdan so‘ng halokatga uchraganini ma’lum qilgan. Orda nashriga ko‘ra, bortda “ballon portlagan bo‘lishi” mumkin.

  • Azerbaijan Airlines`ning Boku-Grozniy reysi Aqtauda halokatga uchragandi. Grozniydagi tuman tufayli samolyot Maxachqal’aga, keyin esa Aqtauga yo‘naltirilgan. Samolyot bortida ekipaj a’zolari bilan birga 67 kishi bo‘lgan.
  • Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev fojia fonida Rossiyadan Bokuga qaytdi. U 26-dekabrni motam kuni e’lon qildi.
  • O‘zbekiston prezidenti avvalroq Qozog‘istonda Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya rahbarlariga hamdardlik bildirgan.