Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Tadbirda prezidentlar ushbu mamlakat prezidentlari ishtirok etdi: Rossiyadan — Vladimir Putin, Belarusdan — Aleksandr Lukashenko, Qozog‘istondan — Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘izistondan — Sadir Japarov, Tojikistondan — Emomali Rahmon va Turkmanistondan — Serdar Berdimuhamedov.

Uchrashuvda 2024-yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va ko‘p tomonlama hamkorlikning kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi.

Ko‘p qirrali sheriklikni yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Gap muhandislik maktablarini tashkil etish, internet texnologiyalari, katta ma’lumotlar industriyasi, kreativ iqtisodiyot, “yashil” energetika va tinch atom sohasini rivojlantirish, raqamli yechimlarni joriy etish haqida bormoqda.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik hamda umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.