Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi (foto)
Rossiyaga amaliy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyevni aeroportda Sankt-Peterburg gubernatori va boshqa rasmiylar kutib oldi. Asosiy tadbirlar 25−26-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Foto.
Deputatlar ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy jazo to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
O‘zbekiston Qonunchilik palatasi ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik va ularni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritilishini nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi.
Iqtisodiyot
Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarga “soliq solmoqchi”, deputat bu bo‘yicha bosh prokurorga so‘rov yubordi
Respublika oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlar kontraktdan tushadigan pullarning 4 foizini Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib berishini istamoqda. Deputat Dilmurod Artiqov bu to‘lovning qaysi asos bilan joriy etilayotganini so‘rab, bosh prokurorga so‘rov yubordi.
Xitoy kompaniyasi “Askiya” bozori majmuasi uchun kimoshdi savdosida bitta stavkadan so‘ng g‘olib chiqdi
Xitoyning Sheng Ke-International kompaniyasi Toshkent shahridagi 1,83 gektar maydondagi mulk va “Askiya” bozori hududi bo‘yicha savdolar g‘olibi bo‘ldi. Ikki qatnashchi ishtirokidagi auksion 15 daqiqa davom etdi va 225,59 mlrd so‘mlik bitta stavkadan so‘ng yakunlandi.
“Chiroyli” avtoraqam rekord darajadagi 75 ming dollarga sotildi
01 888 BBB avtomobil raqami auksionda rekord darajadagi 965,25 mln so‘mga (taxminan $75 ming) sotildi. Savdo 3 soatdan ortiq davom etdi, ishtirokchilar 62 ta taklif kiritdi.
YTTB Xorazmda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 66,4 mln dollarlik krediti O‘zbekistonning Xorazm viloyatida 230 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ini qurishga yo‘naltiriladi.
Jamiyat
“Nima uchun davlat o‘z fuqarolarini yo‘llarda himoya qila olmaydi?” “Kontekst” podkasti (video)
2023-yilda O‘zbekistondagi YTHlarda Shvetsiyadagiga nisbatan 10 (!) barobar ko‘p odam vafot etdi, avtomobillar soni esa deyarli teng. Nega tinch sharoitda har safar ko‘chaga chiqish qo‘rquv va stressga sabab bo‘lyapti? Nega mutasaddilar buni ko‘rmayapti? “Gazeta.uz"ning “Kontekst” podkastida shu savollar ko‘tarildi.
Deputatlar chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklovchi qonunni qabul qildi. O‘zgartirishlar qanday muhokama qilindi?
Qonunchilik palatasi chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklovchi qonunni qabul qildi. Deputatlar o‘zgartirishlarni faol muhokama qildi va yakunda cheklovlar joriy etilgunga qadar qarzni to‘lash uchun 5 kun vaqt berishga qaror qilindi.
O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam va “salomatlik poyezdi” jo‘natdi
O‘zbekiston Afg‘onistonga oziq-ovqat va dori-darmonlar bilan birga “salomatlik poyezdi” jo‘natdi. O‘zbekistonlik shifokorlar 25−30-dekabr kunlari Balx viloyatida aholini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
Shavkat Mirziyoyev Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi munosabati bilan hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istonda qulashi oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya rahbarlariga hamdardlik bildirdi.
Quruvchilar qurilayotgan obyekt manzili bo‘yicha ro‘yxatga olinishi belgilandi
Hukumat qarori bilan quruvchilarni qurilayotgan obyekt manzili bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi tasdiqlandi. Bu qaror ijrosini nazorat qilish ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklandi.
“O‘zbekiston yangiliklari” sayti bosh muharriri Viktor Mixaylov vafot etdi
“O‘zbekiston yangiliklari” sayti bosh muharriri, “Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi” NNT direktori Viktor Mixaylov vafot etdi.
MDH davlatlari rahbarlari kreativ iqtisodiyot, tinch atom va umumiy tahdidlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi
Norasmiy sammitda MDH davlatlari rahbarlari yangi yo‘nalishlar — muhandislik maktablari tashkil etish, internet texnologiyalari, katta ma’lumotlar, kreativ iqtisodiyot, yashil energetika, tinch atom, shuningdek, umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashdagi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi.
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri yuritiladi
Hukumat qarori bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi. Boshqaruv organi Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Yangi yil tadbirlari sabab Tashkent City atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopildi
Tashkent City hududida Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi sabab 25-dekabrdan 10-yanvarga qadar O‘qchi, Yangi Toshkent, Zargar ko‘chalarida avtomobillar harakatiga cheklov kiritildi. Tashrif buyuruvchilar uchun bir nechta avtoturargohlar ajratilgan.
Sport
Diyora Keldiyorova ayollar o‘rtasida yil dzyudochisi nomiga da’vogarlik qilmoqda
Xalqaro Judo Awards 2024 tanlovida O‘zbekiston vakillari 5 yo‘nalishda g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda. Xususan, Diyora Keldiyorova yil dzyudochisi, uning ustozi Marko Shpitka eng yaxshi murabbiy yutug‘ini qo‘lga kiritishi mumkin. Judogirls.uz loyihasi va Muhammad Jumayevning ipponi ham nominatsiyalarga qo‘yilgan.
Jahon
Qozog‘istonda Azerbaijan Airlines samolyoti quladi. Nimalar ma’lum?
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boku-Grozniy reysi samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 67 kishi, jumladan, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi tirik qolgan, ulardan 22 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, deya ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbayev. 29 kishi, jumladan, 3 bola shifoxonaga yotqizilgan.
Sudan keng ko‘lamli ocharchilik arafasida — BMT
BMT urush davom etayotgan Sudanda ocharchilik avj olayotgani, shuningdek, aholi zo‘ravonlik, vayronagarchilik, kasalliklar, aloqa yo‘qligi, ommaviy ko‘chishlarlardan jabr ko‘rayotganini bildirdi. 2025-yil mayigacha 24,6 mln kishi, ya’ni barcha sudanliklarning yarmiga yaqini shoshilinch oziq-ovqat yordamiga muhtoj bo‘ladi.
Pokistonning Afg‘onistondagi bombardimonidan 46 kishi halok bo‘ldi
Pokiston Afg‘onistonning Paktika viloyatiga bombardimon uyushtirdi, kamida 46 kishi halok bo‘ldi. “Tolibon” bu harakatlar uchun qasos olishni va’da qildi. Pokiston tomoni havo hujumlari chegara bo‘ylab “terrorchilar yashiringan joylarni” nishonga olganini bildirdi.
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
Eron WhatsApp messenjeri va Google Play ilovalar do‘koniga kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqda. Yozda mamlakatning yangi prezidenti Pezeshkiyon internet-senzurani yumshatishga va’da bergandi. Eronda ko‘plab ilovalar bir necha yillardan beri taqiqda qolmoqda.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!