O‘zbekistonda onlayn-auksionda eng qimmat “chiroyli” avtomobil raqami sotildi, deyiladi Tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) ma’lumotlarida.

24-dekabr kuni avtoraqam.uzex.uz platformasida 675 dona avtoraqam 4,92 milliard so‘mga sotildi. Minimal narx 1,9 million so‘mni, o‘rtacha narx esa 7,3 million so‘mni tashkil etdi.

Eng qimmat “chiroyli” avtoraqam 01 888 BBB 965,25 million so‘mga (Markaziy bank kursi bo‘yicha 74,8 ming dollar) sotildi, bu uning boshlang‘ich bahosi bo‘lgan 337,5 ming so‘mdan deyarli uch baravar qimmat. Savdo 3 soatdan ortiq davom etdi, ishtirokchilar 62 ta taklif kiritdi.

avtoraqam, chiroyli raqamlar, davlat raqami, tovar-xom ashyo birjasi, uzex

Xaridni yakunlash uchun xaridor to‘lovni amalga oshirishi va avtoraqamni YXXXda ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

2023-yilda 01 777 RRR avtoraqami 893 million so‘mga sotilgandi.

O‘tgan yili tovar-xomashyo birjasida 87 ming dona avtoraqam 396,1 milliard so‘mga sotilgan. Eng qimmat “chiroyli” davlat raqami yuridik shaxsga 450 million so‘mga sotilgan, bu 2021-yilda o‘rnatilgan rekorddan biroz ko‘p.

Joriy yilning to‘qqiz oyida tovar-xom ashyo birjasida avtomobil raqamlarini sotish hajmi 2,6 barobar oshib, 620 milliard so‘mga yetdi.