Siyosat

dayjest

Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot berdi

Qoraqalpog‘istonda 2022-yil iyul oyida yuz bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot taqdim etdi. Shuningdek, u davlat organlari uchun bir qator tavsiyalarni e’lon qildi, ular orasida tushuntirish berish va fuqarolarni muhim qarorlar muhokamasiga jalb qilish kabilar bor.


dayjest

O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbariga telefon qilib, yana hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi layneri halokati munosabati bilan yana bir bor hamdardlik bildirdi. Shuningdek, barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi.


dayjest

O‘zbekiston 2025-yilda Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev YOII yig‘ilishida O‘zbekiston va ittifoq davlatlari savdosida tarif va notarif cheklovlarni qo‘llamaslik, Ishbilarmonlik kengashi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish, turizm, IT va AI sohalarida hamkorlikni taklif qildi. Mamlakat 2025-yilda YOTBga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda, dedi prezident.


Iqtisodiyot

dayjest

Prezident 2025-yilgi davlat budjetini tasdiqladi. Asosiylar

Prezident 2025-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. YIM 6% o‘sishi, inflyatsiya 7−8% gacha pasayishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YIMga nisbatan 4% dan 3% gacha (49,3 trln so‘m) tushirildi, tashqi qarz limiti 5,5 mlrd dollargacha oshirildi.


dayjest

Zomin aeroporti vaqtincha yopildi

2023-yilning kuzida ochilgan Zomin aeroporti vaqtincha yopildi. Bu yerda magistral samolyotlarni qabul qilish uchun sharoit yaratish maqsadida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.


Jamiyat

dayjest

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi. U aholi ehtiyojlari, ekologik zonalar va madaniy merosni muhofaza qilishni hisobga olgan holda shaharni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu davrda aholi soni 3 milliondan 7,4 millionga oshishi prognoz qilinmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi, poytaxtdagi jamoat transportida naqd shakldagi to‘lov narxlari oshadi, umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi keshbek sifatida qaytariladi, madaniyat va san’at sohasi xodimlarining maoshi oshiriladi — 2025-yil 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?


dayjest

“Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” — madaniyat vaziri

Ozodbek Nazarbekov madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirarkan, sohani qushga qiyosladi va uni mahkam ushlash zarurligini ta’kidladi. “Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti”, — dedi u.


dayjest

O‘zbekistonliklar yangi yilni yana qorsiz kutib oladi

O‘zbekistonliklar bu yil ham yangi yilni qorsiz kutib oladi. 31-dekabr va 1-yanvar kunlari harorat kechalari 0…+5, kunduz kunlari +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi, ba’zi joylarda 12 darajagacha isiydi.


dayjest

O‘zbek-qozoq chegarasida neft mahsulotlari kontrabandasiga mo‘ljallangan tunnel aniqlandi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida uzunligi 450 m bo‘lgan tunnel topildi, undan kuniga 5−7 tonna yonilg‘i-moylash materiallari kontrabanda yo‘li bilan o‘tgan. Jinoiy guruhning barcha ishtirokchilari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham qo‘lga olindi.


dayjest

Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boshlandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Koreyaning Saman Corporation kompaniyasi bilan Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashni boshladi va ishchi guruh tuzishga kirishdi. Jarayon 2026-yilning mart oyigacha davom etishi kutilmoqda.


dayjest

Zomin aeroporti 27-dekabrdan yana ochiladi

Yaqinda vaqtincha yopilgani xabar qilingan Zomin aeroporti 27-dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi. Silk Avia shu sanadan boshlab Toshkent — Zomin qatnovlarini qayta tiklashi haqida xabar berdi.


dayjest

Havoni ifloslantiruvchi manbalarni bartaraf etish shu moddalarni atmosferaga chiqaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklandi

Ekologiya vazirining buyrug‘i bilan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi.


dayjest

Toshkent — Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi yil munosabati bilan 28-dekabrdan 5-yanvargacha Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yutong transportlari soat 9:00 va 16:00 da “Mashinasozlar” bekatidan jo‘naydi. Yo‘lkira narxi — 20 ming so‘m.


Sport

dayjest

O‘zbekistonda futzal federatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi futzal federatsiyasi tashkil etildi. BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov uning prezidenti bo‘ldi. Federatsiya 2025-yildan faoliyatini boshlaydi.


dayjest

O‘zbekistonning olti futbol klubiga transfer taqiqi qo‘yildi

Oltita futbol klubi — “So‘g‘diyona”, “Navbahor”, “Neftchi”, “Dinamo”, “Buxoro” va “Orol"ga futbolchilar va murabbiylar oldidagi qarzdorliklari, shuningdek, hududiy futbol akademiyalari bilan hamkorlik shartlariga rioya qilmagani sababli ikkita transfer oynasi uchun transfer taqiqi qo‘yildi.


Jahon

dayjest

Azerbaijan Airlines samolyoti qulashiga Rossiya raketasi sabab bo‘lgani tasdiqlandi — Euronews

Ozarbayjon hukumatidagi manbalar Azerbaijan Airlines samolyoti qulashiga Rossiya raketasi sabab bo‘lganini tasdiqladi, deb yozmoqda Euronews. Bu vaqtda Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina dronlarini urib tushirmoqchi bo‘lgan. Raketa esa samolyot yonida portlab, uning qoplamasiga zarar yetkazgan.


dayjest

Turkiya Markaziy banki salkam 2 yil ichida ilk marta asosiy stavkani pasaytirdi

Turkiya Markaziy banki deyarli ikki yil ichida birinchi marta asosiy stavkani 50% dan 47,50% gacha pasaytirdi. Regulyator mart oyidan buyon asosiy stavkani 50 foiz darajasida saqlab kelayotgandi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!