O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston professional futbol ligasi muassisligida O‘zbekiston futzal federatsiyasi tashkil etildi, deya xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.

26-dekabr kuni federatsiyaning taqdimot marosimi o‘ktazildi. Unda O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov so‘zga chiqib, futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatida O‘zbekiston muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani va bu futzalni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatib berganini aytdi.

бекзод маматқулов, futzal
Abdusalom Azizov.

Uning ta’kidlashicha, mazkur masala assotsiatsiyada ko‘p marotaba o‘rganib chiqilgan.

Tadbirda 2025-yildan e’tiboran faoliyatini boshlaydigan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib tadbirkor, BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Akmalovich Mamatqulov nomzodi ma’qullandi.

бекзод маматқулов, futzal
Bekzod Mamatqulov.

Shuningdek, O‘zsanoatqurilishbank boshqaruv raisi Aziz Akbarjonov Azizjon o‘g‘li federatsiya vitse-prezidenti, BMB Holding xodimi Ma’rufjon Abdullayev esa bosh kotib etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi 2004-yilda ochilgan va 2017-yilda tugatilgan.