26-dekabr, payshanba kuni Turkiya Markaziy banki salkam ikki yil ichida birinchi marta asosiy stavkani 250 bazaviy punktga — 50 foizdan 47,5 foizgacha pasaytirdi. Bu haqda regulyatorning joriy yilda Monetar siyosat qo‘mitasining so‘nggi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha xabarida aytiladi.
Markaziy bank joriy yilning mart oyidan buyon asosiy stavkani 50 foiz darajasida saqlab kelmoqda. Avvalgi pasayish 2023-yilning fevralida qayd etilgan. Qaror aksariyat mahalliy va xorijiy tahlilchilarning fikriga mos keldi, ular asosiy stavkaning 150−250 bazaviy punktga pasayishini bashorat qilgandi.
Avvalroq turk regulyatori stavkani ketma-ket sakkiz marta 20 yil ichida maksimal 50 foiz darajasida qoldirgandi.
Mamlakat Markaziy banki tomonidan dekabr oyida o‘tkazilgan so‘rov ishtirokchilari yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiyaga nisbatan o‘z prognozlarini 44,81% dan 45,28% gacha oshirgan. Shuningdek, ular joriy yil oxirida dollar uchun 35,72 lira (ilgari — 35,3 lira) almashuv kursini kutmoqda. Kursning kelgusi yilga prognozi esa tadqiqotning oldingi davridagi 42,75 dan 43,23 liragacha o‘zgardi.
Kelgusi yil uchun prognozlarga ko‘ra, asosiy stavkaning eng yuqori ko‘rsatkichi 35 foizni, eng past ko‘rsatkichi 27,5 foizni tashkil etadi.