Uzbekistan Airways bir yilda ilk bor 6 million yo‘lovchini tashidi. U 26-dekabr kuni ro‘yxatga olindi.
Yubiley yo‘lovchi Qozog‘iston fuqarosi Nikolay Kurilo bo‘lib, HY765 reysi bilan Toshkentdan Olmaotaga uchib kelgan, deb xabar qildi aviatashuvchi matbuot xizmati.
Uning ismi ro‘yxatga olish vaqtida kompaniya xodimi tomonidan e’lon qilingan, so‘ngra — Toshkent xalqaro aeroportidagi murojaat tizimi orqali.
Aeroportning jo‘nab ketish zalida bayram tantanasi tashkil etildi. Uzbekistan Airways vakillari, jumladan, kompaniya rahbarlari unga tantanali ravishda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Sovg‘alar orasida Uzbekistan Airways’ning har ikki yo‘nalishdagi 75 dan ortiq doimiy yo‘nalishlaridan birida ikki kishilik biznes-klass reyslari uchun sertifikat ham bor.
Bundan tashqari, kompaniya ushbu yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish sinfini ekonomdan biznesga o‘tkazdi.
“2024-yil boshida biz o‘z oldimizga ulkan maqsad va vazifalarni qo‘ydik. Butun jamoaning hamjihatlikdagi mehnati, yuksak mas’uliyati va samarali boshqaruvi tufayli aviakompaniyamiz o‘z faoliyati davomida ilk bor shunday muhim natijalarga erishgani bilan faxrlanaman”, — dedi Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov.
O‘tgan yil oxirida — 28-dekabr kuni Uzbekistan Airways 5 millioninchi yo‘lovchisini ro‘yxatga olgandi. 2022-yilda kompaniya 4,2 million yo‘lovchi tashigan.