Zomin aeroporti katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich ta’mirlash va qayta jihozlash ishlar boshlanishi munosabati bilan vaqtincha yopildi. Bu haqda O‘zgidromet axborot xizmati xabar berdi.
Turistik-rekreatsion yo‘nalish faol rivojlanayotgan Jizzax viloyati Zomin tumanidagi aeroport qurilishi iyul oyi oxirida boshlangan va 2023-yil avgust oyi oxirida yakunlangan.
Dastlab, aeroport Let L-410 tipidagi yengil samolyotlarni qabul qilgan. Bir yil o‘tgach, uchish-qo‘nish yo‘lagi magistral samolyotlarni qabul qilish uchun rekonstruksiya qilingani ma’lum bo‘ldi.