Shimoliy Farg‘ona kanalining Namangan shahri hududidan o‘tgan qismida ayol kishining jasadi topildi. Bosh prokuratura axborot xizmati holat yuzasidan “Gazeta.uz”ga ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, shaharning Temir ko‘chasida istiqomat qilgan ayol uzoq vaqtdan beri turmush o‘rtog‘i bilan birga yashamagan, oilaviy kelishmovchilik sabab uning ruhiyatida o‘zgarish kuzatilgan.
20-dekabr kuni ayol 2021 va 2023-yilda tug‘ilgan ikki farzandlarini olib, o‘zi va ularni Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlagan. Shu vaqtda hududdan o‘tayotgan fuqarolar bolalarni qutqargan.
Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida bolalarning hayoti saqlab qolingan. Shu kuni Namangan viloyat qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Shimoliy Farg‘ona kanalidan ayol o‘lik holda suvdan chiqarib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “a, v” (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) bandlari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.