Siyosat
100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi
Yuz nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar o‘z hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga vaqtincha evakuatsiya qilindi. Bemor falastinliklar reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.
“Yangi transport arteriyasi”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li haqida
Shavkat Mirziyoyev bugun qurilishiga start berilgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘lini xalqaro ahamiyatga ega yangi transport arteriyasi deb atadi. Loyihaga ko‘ra, 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik va 25 ta tunnel quriladi. Bu yo‘lda yiliga 15 mln tonna yuk tashiladi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshdi
O‘zbekistonning davlat va xususiy qarzni o‘z ichiga oluvchi tashqi qarzi 9 oy yakunlariga ko‘ra 60,2 mlrd dollarga yetdi. Yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich 7,2 mlrd dollarga ko‘paydi.
O‘zbekiston va Misr to‘siqlarni bartaraf etish hisobiga tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga yetkazmoqchi
O‘zbekiston va Misr 15 yil ichida hukumatlararo komissiyaning ilk yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazdi. Tomonlar to‘siqlarni bartaraf etish orqali tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga (hozir qariyb $42 mln) yetkazishga, shuningdek, O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashini tuzishga kelishib oldi.
O‘zbekistondan oq va chiziqli kungaboqar urug‘larini olib chiqishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi
O‘zbekistonda 2022-yil may oyida joriy etilgan oq va chiziqli kungaboqar urug‘larini eksport qilishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi. Mazkur chora urug‘chilik korxonalarining eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bu Andersson ishini yakunlamoqda
Uch yil avval UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori etib tayinlangan Bu Andersson faoliyatini yakunlamoqda. UzAuto Motors’ning ma’lum qilishicha, uning rahbarligida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshgan — 2023-yilda 395 400 mashina konveyerdan chiqqan, bu avvalgi yildan 20% ko‘p.
Prezident 2024-yil uchun davlat budjeti xarajatlari va tashqi qarzlar chegarasini oshirishni tasdiqladi
Prezident 2024-yilgi davlat budjetiga vazirliklar xarajatlarini 9,98 trln so‘mga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqladi. Tashqi qarz bo‘yicha chegara 5 dan 7,3 mlrd dollargacha oshdi. Qo‘shimcha qarzlar ipoteka bozorini rivojlantirish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun ishlatiladi.
Tamaki kontrabandasi: O‘zbekiston yashirin bozorni qisqartirish uchun qanday choralar ko‘rmoqda?
420 mlrd so‘m hajmdagi tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasi muammosi asosan uning O‘zbekiston hududi orqali Qirg‘iziston va Tojikistonga tranziti bilan bog‘liq, dedi Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Ibragimov. U importni “oqartirish” uchun nimalar qilinganini aytdi.
Jamiyat
Yanvarda ob-havo qanday bo‘ladi?
Yanvar oyining birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha anomal sovuq kutilmayapti, deya xabar bermoqda O‘zgidromet. Harorat kechalari −8…+8, kunduz kunlari −2…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Keyinchalik qisqa davrda havo kechasi −20 darajagacha pasayishi ehtimoli ham bor. Ayrim kunlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkentda havo sifati yana xavfli darajaga ko‘tarildi
Juma kuni ertalabdan Toshkent yana IQAir xalqaro havo sifati monitoringi antireytingida yetakchilar qatoridan joy oldi. Toshkent va O‘zgidromet portallari ham PM2,5 ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib ketganini ko‘rsatmoqda. Bu borada hozircha hech qanday rasmiy bayonot yoki izoh berilmadi.
Yakshanba va dushanba kunlari joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Shanba kuni yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. 29−30-dekabr kunlari esa aksariyat hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari −2…+5 daraja, kunduz kunlari +2…+15 daraja atrofida bo‘ladi.
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi
Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev 58 yoshida vafot etdi. U Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ham ishlagan.
Komil Allamjonovga suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar Rossiya fuqarosiga qidiruv e’lon qilindi
Komil Allamjonovga nisbatan qotillikka suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar Rossiya fuqarosi — Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovga qidiruv e’lon qilindi. Ular qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasida ayblanmoqda.
Namangandagi kanaldan 25 yoshli ayolning jasadi topildi
Namanganda yashagan ayol oilaviy muammolar sababli o‘zi va ikki farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashladi. Bolalar qutqarib qolingan, ayol esa vafot etgan.
Toshkentda bir kechada uchta YTH sodir bo‘ldi
Toshkentning Uchtepa, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 27-dekabrga o‘tar kechasi uchta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki haydovchi va bir yo‘lovchi jarohat olgan.
Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi belgilandi. Akademiya faoliyati 2025-yilning 1-oktabridan yo‘lga qo‘yilib, unda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyatsion markaz va mehmonxona bo‘ladi.
Buxoroda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Juma kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.
Hokimlar, o‘rinbosarlari va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi
Yil yakuniga kelib O‘zbekistonning IT va telekommunikatsiya xizmatlari eksporti hajmi 900 mln dollardan oshishi kutilmoqda. Davlat organlarining 3000 nafar xodimi, shuningdek, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari sun’iy intellekt sohasida malaka oshirishi rejalashtirilmoqda.
Jahon
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlandi (foto)
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishiga start berdi. “Bu yo‘nalish Xitoydan Qirg‘izistonga, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqqa hamda Yevropa Ittifoqiga yuklarni yetkazib berishni ta’minlaydi”, — dedi Japarov.
Azerbaijan Airlines samolyot halokatining dastlabki sabablarini ochiqladi va qator Rossiya shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi
Halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyoti “fizik va texnik aralashuv"ga uchragan, ta’kidladi aviakompaniya. U qator Rossiya shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi. OAVga ko‘ra, halokatga Rossiya raketasi sabab bo‘lgan. Rosaviatsiya shu kuni Ukraina dronlari hujum uyushtirganini ma’lum qildi.
Hindiston sobiq bosh vaziri Manmohan Singh vafot etdi
Hindiston sobiq bosh vaziri Manmohan Singh 92 yoshida vafot etdi. U mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar me’mori va “iqtisodiy liberallashtirish qahramoni” hisoblanadi. Singh 2004-yildan 2014-yilgacha bosh vazir sifatida ishlagan.
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga ham impichment e’lon qilindi
Janubiy Koreya parlamenti bosh vazir, shu bilan birga, prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qildi. Bu Su hukumati prezident Yol va uning rafiqasi tergoviga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqish hamda konstitutsiyaviy sud tarkibiga sudyalarni tayinlashdan bosh tortganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Germaniya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi
Germaniya prezidenti Shtaynmayer mamlakat parlamentini tarqatib yubordi va muddatidan oldingi parlament saylovlari 2025-yil 23-fevralda bo‘lishini ma’lum qildi. Avvalroq bundestag deputatlari kansler Olaf Shols hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qilgandi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!