Juma va shanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet agentligi.
29−30-dekabr kunlari respublikaning aksar hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
31-dekabr−1-yanvar kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 31-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyatida va 1-yanvar kuni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi.
2-yanvarda janubda va kunning ikkinchi yarmida respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Havo harorati asosan kechalari 0…+5 daraja, ba’zi joylarda -2 darajagacha, kunduz kunlari 29-dekabrdan 1-yanvargacha +7…+12 daraja, ba’zi joylarda +15 darajagacha, 2-yanvarda +2…+7 daraja bo‘ladi.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 29−30-dekabrda ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Toshkent shahrida 30 dekabarda va 31-dekabrga o‘tar kechasi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Qolgan kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 0…+5 daraja, kunduz kunlari 29-dekabr-1-yanvarda +8…+13 daraja, 2-yanvarda +4…+7 daraja bo‘ladi.