Mobiuz “MobiDRIVE” aksiyasi doirasida navbatdagi abonentga sovrin topshirilgani haqida mamnuniyat bilan xabar bermoqda. G‘oliba joriy yilning 12-dekabr kuni Mobiuz’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari jonli efirida aniqlangandi. Ikki haftadan so‘ng, zarur hujjatlar rasmiylashtirilgach, u o‘z yutug‘ini qo‘lga kiritdi.

mobiuz, реклама

Qarshi shahridagi yangilangan Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazida avtomobilni topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda kompaniya vakillari, hamkorlar, g‘olibaning yaqinlari, shuningdek, tomoshabinlar ishtirok etdi. Xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Sherzod Hushimov tomonidan gulduros qarsaklar ostida avtomobil kalitlari g‘olibaga topshirildi.

mobiuz, реклама

Gulzoda Islomova va uning turmush o‘rtog‘i o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. Ular tanishlarining tavsiyasiga ko‘ra avtomobillar o‘yini o‘tkazilayotgani haqida xabar topgach, Mobiuz’ga ulangan. Aksiyaning birinchi g‘olibasi haqida bilgach, ulardagi ishtirok etish ishtiyoqi yanada oshgan. Avtomobil o‘ynaladigan kun haqida bilishmagani sababli jonli efir paytida kompaniya vakillaridan qo‘ng‘iroq kelganda, hech ishongilari kelmagan. Ammo hammasi haqiqat bo‘lib chiqdi.

Tadbir davomida g‘olibani ulagan Mobiuz dileri — In tune with the times MCHJ vakillari ham pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mobiuz mobil operatorining 10 yilligi munosabati bilan boshlangan “MobiDRIVE” aksiyasi davom etmoqda. 2024-yil 31-dekabrgacha istalgan inson oylik abonent to‘lovi 35 ming so‘mdan kam bo‘lmagan tarif rejalarini tanlab, kompaniyaga ulanishi mumkin. Bunday abonentlar avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi. Kompaniyaning amaldagi abonentlari ushbu tarif rejalarida *2024# raqamini terib, aksiyaga qo‘shilishi mumkin.

mobiuz, реклама

Mobiuz mobil operatori kirib kelayotgan 2025-yilda O‘zbekiston aholisiga muvaffaqiyatlar, baxt va omad tilaydi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, yanvar oyining birinchi yarmidayoq “MobiDRIVE” aksiyasining uchinchi g‘olibi aniqlanadi. Yutuqli o‘yinlar jarayonini Mobiuz’ning Instagram sahifasida kuzatib borish imkoniyati mavjud.

Aksiyaning batafsil shartlari bilan havola orqali tanishish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.