Andijon viloyatida 22−26-dekabr kunlari O‘zbekiston aksiz markasi yopishtirilgan “O‘zbekiston” konyagini iste’mol qilish oqibatida 22 ta o‘tkir zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, 5 kishi vafot etdi, deyiladi xabarda.

Prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.