Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, halokatda atigi 2 kishi omon qolgan.

Koreya Respublikasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Janubiy Cholla provinsiyasidagi Muan (Seuldan 288 km uzoqlikda) aeroportida Jeju Air yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, to‘siqqa urildi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.

Hodisa ertalab soat 9:07 da (Toshkent vaqti bilan 5:07) sodir bo‘lgan. Video kadrlarida ko‘rinishicha, shassisi chiqarilmagan samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, to‘siqqa urilgan va shundan so‘ng yonib ketgan.

Boeing 737−8AS samolyoti 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan 7C2216 reysi bilan Bangkokdan qaytayotgan bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bortda bo‘lganlarning kamida 96 nafari halok bo‘lgan.

Yonhap ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kishi: yo‘lovchi va styuardessani qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. 120 kishi halok bo‘lgani rasman tasdiqlangan, ammo o‘t o‘chirish xizmati vakillari qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lmagan 179 kishining barchasi halok bo‘lgan deb hisoblaydi.

Manba: Flightradar24Manba: Flightradar24

Yo‘lovchilarning deyarli barchasi Koreya Respublikasi, ikki nafari Tailand fuqarolari edi.

Favqulodda vaziyat joyida qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. Halokatning aniq sababini aniqlash uchun tergov boshlandi.

HL8088 samolyoti 2023-yil may oyida. Foto: Daniyor Atajonov / JetPhotos.HL8088 samolyoti 2023-yil may oyida. Foto: Daniyor Atajonov / JetPhotos.