Chilon Lubricants – sanoatning turlicha sohalari uchun sifatli surtish yog‘larining milliy ishlab chiqaruvchisi.

“11 yildan beri biz O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilari uchun yuqori sifatli surtish yog‘lari ishlab chiqaryapmiz. Shu vaqt ichida biz mahsulot sifati bo‘yicha birorta shikoyat olmadik. Bizning mijozlarimiz — qabul qilinadigan materiallar uchun vakolatli kiruvchi nazorat xizmatiga ega yirik sanoat va transport korxonalari. Yuqori javobgarlik zonasiga mahsulotni yetkazib berish — biz har kuni va mamnuniyat bilan shug‘ullanadigan ish. “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Mudofaa vazirligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Angren kon-metallurgiya kombinati, bular bizning ilk va doimiy mijozlarimizdan. Ushbu kompaniyalarning mutaxassislari bilan hamkorlikda biz muayyan vazifalar uchun o‘nlab surtish materiallari ishlab chiqdik. Motor moylarimiz, masalan, 11 yil davomida sanoat sinovlarida va doimiy ekspluatatsiya davomida o‘zining yuqori ish unumdorligini tasdiqladi. Biz sifatli mahsulot ishlab chiqarishni yaxshi bilamiz. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonga surtish materiallarini import qilish chet eldan non xarid qilgandek gap”, – deb hisoblaydi Chilon Lubricants’ning ishlab chiqarish va yangi texnologiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Valeriy Li.

chilon lubricants, реклама

2024-yil ichida korxona ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 40 ming tonnagachaga kengaytirdi. 

Joriy yilda texnik moylar va plastik surtish moylarining keng qatoriga mahsulotlarning yangi guruhlari qo‘shildi – burg‘ilash eritmalariga surtish qo‘shimchalari va surkash-sovitish suyuqliklari.

Mahsulotlarning geografiyasi ham sezilarli kengaytirildi. Endilikda Chilon va Uno brendlari ostida ishlab chiqariluvchi sifatli moylar va surtish moylarini Farg‘ona vodiysida, Toshkent va Navoiy viloyatlarida xarid qilish mumkin.

chilon lubricants, реклама

Korxonaning laboratoriyasi o‘z texnik bazasini yangiladi va akkreditatsiya sohasidagi o‘lchovlarning 52 ta parametriga ega. Yakunlanmagan 2024-yil davomida laboratoriyada neft mahsulotlarining 17,8 mingta tahlili o‘tkazildi.

“O‘tib borayotgan 2024-yil respublikamiz hayotida qiziqarli voqealarga to‘la bo‘ldi. Ketma-ket iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, ahamiyatli infratuzilmaviy o‘zgarishlar, qiziqarli ishlab chiqarish topshiriqlari va texnik yechimlar O‘zbekistonga iqtisodiy rivojlanish va jahon iqtisodiyotiga integratsiya yo‘lida bir nechta muhim qadamlarni bosib o‘tish imkonini berdi. Mahsulot O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, demak, sifatiga ishonch bildirish mumkin”, – deya ma’lum qildi kompaniya.

Chilon Lubricants jamoasi O‘zbekiston aholisiga 2025-yilda ijodiy va professional muvaffaqiyatlar tilaydi.

Reklama huquqlari asosida.