Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27-dekabrdagi qarori bilan Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va uning ekspert guruhlari tarkibini tasdiqladi.
Davlat rahbari 20-dekabr kuni faol tadbirkorlar bilan uchrashuvda IT, fintex, tadbirkorlikni moliyalashtirish, eksport, turizm, xizmatlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha Jamoatchilik kengashida ekspertlik guruhlarini tashkil qilish kerakligini ta’kidlagandi.
Ekspert guruhlari tarkibiga jami 49 kishi kiritildi, shundan 46 nafari tadbirkordir. Ular orasida Savdo-sanoat palatasi va kengash raisi Davron Vahobov, biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov va kengash kotibi Sarvar Niyozov bor.
Xususan, yashil energetika, infratuzilma va xususiylashtirish bo‘yicha ekspert guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Jamshid Shakirov — Uzbekistan Hydrogen Peroxide ta’sischisi;
- Shavkat Jalolov — Agromir ta’sischisi;
- Ulug‘bek Rahimov — Kids Plate Distribution ta’sischisi;
- Ilhomjon Abdurahmonov — Paxtakor Teks rahbari.
Axborot texnologiyalari:
- Ulug‘bek Rustamov — Click ta’sischisi;
- Ilshat Xametov — Uzum Market bosh direktori;
- Xikmatillo Nasrullayev — Realsof ta’sischisi.
Tadbirkorlikni moliyalashtirish, moliyaviy texnologiyalar va sug‘urta xizmatlari:
- Shuhrat Ergashev — Orient Confection ta’sischisi;
- Farxod Mamajanov — Prestij Rielt ta’sischisi;
- Shuhrat Hamdamov — Sam Rafoat Tekstil ta’sischisi;
- Suxrob Po‘lotov — Meros Pharm rahbari;
- Zafarjon Mustafoyev — Uzbek Leasing International kompaniyasi bosh direktori;
- Umidbek Safarov — Soliq Kalkulyatori ta’sischisi;
- Murodjon Muxamedjanov — United Tax Advisors soliq maslahatchilari tashkiloti direktori;
- Sardor Abasxanov — Global Export Company ta’sischisi;
- Denis Pavlenko — Ardena Sentral Asia ta’sischisi;
- A.A. Qurbonov — International Business audit and consulting (IBAC) direktor o‘rinbosari.
Tashqi savdo, xizmat ko‘rsatish, xususiy ta’lim va turizm:
- Jahongir Ortiqxo‘jayev — Akfa group ta’sischisi;
- Zafar Xashimov — Anglesey Food kuzatuv kengashi raisi;
- Ravshan Ubaydullayev — Amirsoy ta’sischisi;
- Xusamiddin Qayumov — Mak Food Servis ta’sischisi;
- Umid Irgashev — Feedup Eco ta’sischisi.
Qurilish va qurilish materiallari sanoati:
- Payzullajon Mirzayev — Orient Group Management ta’sischisi;
- Murod Nazarov — Murad Buildings ta’sischisi;
- Ulug‘bek Rasulov — Orient Ceramic ta’sischisi;
- Xayrula Ismatov — Demesne Trade LLC ta’sischisi;
- Akmal Xasanov — Veritas Inter Lex rahbari.
Elektrotexnika:
- Tohir Sharipov — Procaba ta’sischisi;
- Shohrux Ro‘ziqulov — Artel engineering and management bosh direktori;
- Davronbek Axmatov — Prae Legal kompaniyasi rahbari.
Yengil sanoat:
- Muzzafar Razzoqov — GTG operation rahbari;
- Jamshid Ismatullayev — Chust Textile ta’sischisi;
- Abdulhoshim Ismolov — Ravon Taraqqiyot Orzusi ta’sischisi;
- Kamol Abdulloyev — Sam Antep Gilam QK ta’sischisi;
- Sherzod Jumayev — Navbahor Tekstil ta’sischisi.
Farmatsevtika va sog‘liqni saqlash:
- Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev — Grand Pharm Trade ta’sischisi;
- Ulug‘bek Haydarov — Farm Lyuks Invest ta’sischisi;
- Nasimjon Komilov — Stdhealthmed ta’sischisi;
- Ulug‘bek Mamatqulov — Samarkand-England eco-Medical ta’sischisi.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati:
- Azamat Sultonov — Buxoro Agroklaster ta’sischisi;
- Shuhrat Ilhomov — NAVRO’Z-PTK ta’sischisi;
- Faxriddin Ilyosov — Ilyasov ta’sischisi;
- Saidvali Nasretdinov — Agro Prodex Group rahbari;
- Rahmatjon Abdullayev — Almerro Group ta’sischisi;
- S.K. Solihov — Zafarxona ta’sischisi;
- B.M. To‘xtaniyazov TO’XTANIYOZ — OTA rahbari.