2025-yil 1-apreldan O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lay boshlaydi. Bu prezidentning 27-dekabrdagi farmoniданазарда tutilgan.
Qayd etilishicha, bunda realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheklari, rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar hamda boshqa tashqi va ichki ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan QQS bo‘yicha hisobotlar avtomatik tarzda shakllantirib boriladi.
Bundan tashqari, farmatsevtika ishlab chiqarishda qo‘llanadigan import poliztilen xomashyosi uchun belgilangan aksiz solig‘ini bekor qilish ko‘zda tutilgan.
O‘zgartirishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini 2025-yil martigacha ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan. Shundan so‘ng u parlament va prezident tomonidan tasdiqlanishi kerak.
QQS bo‘yicha taklif iyul oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillarining tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida muhokama qilingan edi.
Tadbirkorlardan biri bozorda hamma uchun teng sharoit yaratish maqsadida soliqqa oid o‘zgarishlarni taklif qildi. Unga ko‘ra, hozirda ko‘plab xususiy klinikalar 4 foizlik aylanma solig‘i to‘laydi va o‘z aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshmasligiga harakat qilmoqda.
Uning aytishicha, belgilangan tarif limiti tufayli dori-darmon va tibbiy texnika kontrabandasi “gullab-yashnamoqda”, QQS bo‘yicha imtiyozlar bekor qilingandan so‘ng bozorda kontrabanda mahsulotlari yanada ko‘payib ketishi mumkin. Shuningdek, u dori vositalari millionlab tirajda, tibbiy asbob-uskunalar esa uzog‘i bilan 1000 dona sotilayotganiga e’tibor qaratdi.
2017-yildan boshlab ulgurji savdo (distribyutorlar) uchun cheklangan ustama bazaviy narxning 15 foizini, chakana savdo (dorixonalar) uchun xarid narxining 20 foizini tashkil qiladi. 2020-yilda dori-darmonlar narxlari referent narx belgilash tizimi doirasida ro‘yxatdan o‘tkazila boshlandi. Bu tartibga soluvchi organ tomonidan ishlab chiqarilgan va boshqa bir qancha mamlakatlarda ishlab chiqaruvchi mahsulot narxlarini taqqoslashdir. Davlat regulyatori xorijda ma’lum bir mahsulot uchun narx darajasini taqqoslab, sotuvchilarga undan oshib ketishini taqiqlab, bozor narxining chegarasini tanlash huquqiga ega.
Shundan so‘ng Farmatsevtika agentligi rahbari Abdulla Azizovning bu taklif allaqachon prezident farmoni loyihasiga kiritilgani va Prezident administratsiyasida ko‘rib chiqilayotganini aytdi. U 2025-yildan dori vositalari va farmatsevtika mahsulotlari bilan shug‘ullanuvchi barcha kompaniyalar QQS to‘lovchiga aylanishini aytgandi.