Test savollarimizga javob berishga kirishishingizdan avval bir izoh: Yangi yil bayrami kunlari televideniye orqali qo‘yiladigan filmlar aslida juda ko‘p va ularning barini 10 ta savolga sig‘dirib bo‘lmaydi. Biz qaysidir filmni e’tiborsiz qoldirib, boshqasiga ko‘proq e’tibor berib yuborgan bo‘lsak, aybga buyurmaysiz.
Har yili takror va takror qo‘yiladigan filmlardan zerikkan bo‘lsangizu, ammo bayram ta’tili kunlari nima ko‘rishni bilmayotgan bo‘lsangiz, “Kontekst” podkastining rejissyor Sarvar Karimov bilan olingan sonini tomosha qiling — unda 2024-yilning kinosarhisobi va 2025-yildan kutilmalar haqida gap boradi.
Shuningdek, sizni avvalroq e’lon qilingan testlarimizni yechishga ham taklif qilamiz. Ularning ro‘yxatini shu sahifaning quyiroq qismidagi “O‘xshash xabarlar” blokidan yoki “Kviz” heshtegi orqali topasiz.