Siyosat

dayjest

Erkin Muhitdinov O‘rmon xo‘jaligi agentligiga direktor v.b. bo‘ldi

Bir oy oldin Ekologiya vazirligida ish boshlagan Erkin Muhitdinov O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori etib tayinlandi. O‘rmon xo‘jaligi idorasini yetti yildan ortiqroq davomida Nizomiddin Bakirov boshqarib kelayotgandi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleandagi terakt munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev AQShning Yangi Orlean shahrida mashina odamlar orasiga kirib borgani bilan bog‘liq “terrorchilik harakati” munosabati bilan Jo Baydenga ta’ziya maktubi yubordi. Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonda 2024-yildagi inflyatsiya: narxlar qanday o‘zgardi?

2024-yil O‘zbekistonda rasmiy inflyatsiya 9,8 foizni tashkil etdi, bu Markaziy bank kutilmalaridan yuqori. 1 yilda kartoshka deyarli 40 foiz, sabzi 18,3 foizga qimmatladi. Gaz tariflari o‘rtacha 2,3 baravar, elektr energiyasiniki esa qariyb 1,7 baravar, propan narxi 30,9 foizga, benzinniki 5,9 foizga oshdi.


dayjest

O‘zbekistonda palov 2024-yilda 15,6 foizga qimmatladi

2024-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda palovning o‘rtacha narxi 15,6 foizga oshdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi. Oshning eng yuqori narxi Toshkentda, eng pasti esa Namanganda qayd etildi. Palov indeksi mamlakatda xarid qobiliyati paritetini aniqlashning norasmiy usuli hisoblanadi.


dayjest

Limitdan o‘tgan tadbirkorlarga elektr va gaz uchun oshirilgan tariflar miqdori o‘zgardi

O‘zbekiston hukumati kechikib bo‘lsa-da, belgilangan limitdan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi va gaz uchun qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini pasaytirdi. Limitning o‘zi esa oshirildi.


dayjest

Toshkent metropoliteni Rossiyadan uchta yangi poyezd oldi

Toshkent metropoliteni 2024-yil oxirida Rossiyada ishlab chiqarilgan uchta yangi tarkibni oldi. O‘tgan yili jami 11 ta to‘rt vagonli poyezd olib kelindi.


dayjest

O‘zbekistondagi tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etiladi

1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.


dayjest

O‘zbekistonda tadbirkorlarni elektrdan qarzi uchun tarmoqdan uzishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar uchun jarimadan qarzdorligi hisobiga tarmoqdan uzish o‘rniga bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmini joriy etish taklif etilmoqda.


dayjest

Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi — prezident

Prezident 2025-yil uchun davlat budjeti ijrosini ta’minlashga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Mahalliy budjetlar daromadini va mustaqilligini oshirish, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi, dedi Mirziyoyev.


Jamiyat

dayjest

Shanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Shanba kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda. Yakshanbada esa yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…-5, kunduzi +1…+8 daraja atrofida bo‘ladi.


dayjest

G‘ayrat Do‘stov ozod etildi: apellyatsiya sudi hibs muddatini qisqartirdi

Sud apellyatsion instansiyasi metan-zapravka yopilgani haqidagi keskin nutqidan so‘ng 15 sutkaga qamalgan haydovchi G‘ayrat Do‘stovning hibs muddatini 8 sutkaga qisqartirdi va ozod qildi. Sudyaning qilgan ishidan pushaymonligi va holat janjalga arzishi haqidagi savoliga u “yo‘q, arzimaydi”, deb javob berdi.


dayjest

“Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku”. Alisher Qodirov — zapravka oldida shikoyat qilgan fuqaro haqida

Deputat Alisher Qodirov gaz zapravkadan mas’ullarga murojaat qilgan va keyinchalik “mayda bezorilik” sabab 15 sutkaga qamalgan fuqaroni tanqid qildi. “Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku”, — deb yozgan deputat.


dayjest

AES qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzaxda jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi — AES direksiyasi rahbari

AES qurish direksiyasi direktori Otabek Amanov kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzax viloyatlarida jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishini ma’lum qildi.


dayjest

Bekoboddagi IIB binosida fuqaroni urib o‘ldirgan IIB xodimi 9 yilga qamaldi

Bekobod shahri IIB binosida 43 yoshli fuqaroni kaltaklab o‘ldirgan IIB xodimiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


dayjest

Foto: Botanika bog‘ida Markaziy Osiyo Yangi yil marafoni

Poytaxtdagi Botanika bog‘ida 1-yanvar kuni Markaziy Osiyo Yangi yil marafoni bo‘lib o‘tdi. U o‘ninchi yildirki, yangi yilning ilk kunida sportchi va havaskorlarni start chizig‘iga olib chiqib, o‘z orzulari sari yugurishga kuch bag‘ishlamoqda. Marafon ishtirokchilari va sehrli, do‘stona muhit — “Gazeta.uz” reportajida.


Jahon

dayjest

“Davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, yollanma menejer” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil yanvardagi tartibsizliklarga izoh berdi. “Voqealar mamlakatga hokimiyatni birlashtirish kerakligini va davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, balki yollanma menejer ekanini o‘rgatdi”, — dedi u.


dayjest

Janubiy Koreyada prezidentni hibsga olish orderining ijrosi muvaffaqiyatsiz kechdi

Janubiy Koreyada harbiylar va qo‘riqchilar qarshilik ko‘rsatgani uchun prezidentlikdan chetlatilgan Yun Sok Yolni hibsga olish orderi muvaffaqiyatsiz kechdi. 31-dekabrda Koreya tarixida ilk bor sud amaldagi prezidentni hibsga olishga order bergandi. Yol bungacha chaqiruv qog‘ozlarini 3 marta e’tiborsiz qoldirgan.


dayjest

“Siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi”. Toqayev — Nazarboyevning iste’fodan keyingi harakatlari haqida

Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqach, “siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi” va amaldorlar bilan yig‘ilishlarni davom ettirdi. Qozog‘iston rahbari Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat ikki hokimiyatchilikka va undan keyingi inqirozga, jumladan, 3 yil oldingi yanvar voqealariga sabab bo‘ldi.


dayjest

Toqayev Qozog‘istonda ikkinchi va uchinchi AES qurilishini istisno qilmadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda ikkinchi va uchinchi AES qurilishini istisno qilmadi. “Men Qozog‘iston atom energetikasi rivojlangan davlatga aylanishi kerak, deb hisoblayman. Uning kelajagi katta”, — dedi u.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!