Estrada xonandasi, bastakor Baxtiyor Sultonov vafot etdi, deya xabar bermoqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati.
Baxtiyor Sultonov 1965-yil 15-fevralda tug‘ilgan. Uning “Bedana”, “Do‘st”, “Dildorim”, “Sut sog‘uvchi Oybodoq” kabi qo‘shiqlari xalqqa tanish.