Siyosat

dayjest

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning vazifalari belgilandi

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning vazifalari belgilandi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tahliliy hujjatlarni hamda ichki va tashqi siyosatga oid takliflarni muntazam ravishda prezidentga kiritib borish shular jumlasidan.


dayjest

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini monitoring qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


dayjest

Test: Bu gapni kim aytgan?

Siyosatchilar tilidan har yili “qanotli jumla"ga aylanib, muallifidan-da mashhurroq va uzoqroq yashaydigan fikrlar yangraydi. 2024-yil ham bu borada istisno bo‘lmadi, “Gazeta.uz” esa shunday iqtiboslar asosida test tayyorladi. Arboblarimiz chiqishlarini qanchalik diqqat bilan kuzatganingizni bilib oling.


dayjest

Ko‘p qavatli uylar oldi, mahallalarning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi

Dala chetlari, shaxsiy tomorqalar, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar oldi va mahallalarning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilmoqda. Maxsus ishchi guruh tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, urug‘ va ko‘chat tanlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.


Iqtisodiyot

dayjest

2025-yilda jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining yangi minimal stavkalari belgilandi

2025-yil 1-yanvardan boshlab bino yoki avtomobilni ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara stavkalari oshirildi. Xalq deputatlari kengashlari ijara stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.


dayjest

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan elektron savdo platformalari faoliyati taqiqlanadi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1-iyuldan boshlab elektron tijorat operatorlari sifatida faqat O‘zbekiston rezidentlari — davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar faoliyat yuritishi mumkin.


dayjest

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasidagi 25,5 ga yer 522,7 mlrd so‘mga sotildi

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasida, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yaqinida qurilayotgan 25,5 gektar yer uchastkasi 522,7 mlrd so‘mga sotildi. Auksionda bitta taklifdan so‘ng Valid Trading g‘olib bo‘ldi.


Jamiyat

dayjest

Nima tayyorlaymiz: tortlar

Shokolad va yalpizli tort, medovik, “Graf vayronalari”, “Napoleon” va boshqa tort retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.


dayjest

Xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi

“Bedana” qo‘shig‘i bilan xalqqa tanilgan xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi.


dayjest

Toshkentda mototsiklda 310 km/soat tezlikda harakatlangan bloger jarimaga tortildi

Haydovchi Toshkentda BMW sport mototsiklida soatiga 310 km tezlikda harakatlanib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video joylashtirdi. U tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi.


dayjest

Qoraqalpog‘istonda mast askar 5 kishini pichoqladi, ulardan biri vafot etdi

Nukus shahridagi FVVga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar 5 kishini pichoqladi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, qolganlariga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ish Harbiy prokuratura yurituviga olindi.


dayjest

Davlat bog‘chalarida davomat tizimi avtomatlashtiriladi

Hukumat qarori bilan maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Unga ko‘ra, xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati, oziq-ovqat xarajatlari “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali hisobga olib boriladi.


dayjest

Reportaj: Toshkent avtobuslariga endi naqd pul o‘tmaydi

Toshkent avtobuslarida yo‘l haqi endi faqat karta va QR-kodli chiptalar bilan to‘lanadi. Bir martalik QR-kodli chiptani Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan sotib olish mumkin. “Gazeta.uz” avtobus bekatida chipta olish amaliyotini sinab ko‘rdi. Bu vaqtda tizimdagi ayrim kamchiliklar ham yuzaga chiqdi.


dayjest

Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi bo‘yicha texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat bilan gaz yoqilg‘isida ishlovchi apparatlarning ro‘yxati tasdiqlanmoqda.


dayjest

Limitdan oshgan elektr uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori aholi uchun emas, yuridik shaxslar uchun o‘zgardi — Energetika vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi iste’moli 200 kVt/soatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘m to‘lanishi bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Limitdan oshgandagi qo‘shimcha to‘lov miqdori aholiga emas, tadbirkorlarga kamaygan.


Jahon

dayjest

Germaniya va Fransiya TIV rahbarlari YI nomidan Suriyaga bordi

Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Yevropa Ittifoqi nomidan Suriyaga borib, muzokaralar o‘tkazdi. Ular Suriya xalqiga hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishda yordam berish, huquqlar kafolatlari, Rossiyaning u yerdagi harbiy bazalarini yopish kabi masalalarni muhokama qildi.


dayjest

Sud Trampga noqonuniy to‘lovlar bo‘yicha 10-yanvar kuni hukm chiqaradi

AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning pornoaktrisaga qilgan to‘lovlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha sud hukmi 10-yanvar kuni — uning inauguratsiyasidan 10 kun oldin e’lon qilinadi. Sudya siyosatchiga nisbatan qamoq yoki jarima tayinlash niyati yo‘qligidan ogohlantirdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!