Toshkentda 2025-yil 1-yanvardan avtobuslarda yo‘l haqini naqd pul ko‘rinishida to‘lash amaliyoti to‘xtatildi. Avtobuslarda yo‘l haqi endi faqat ATTO va bank kartalari orqali, shuningdek, Paynet, MultiPay yoki Oson to‘lov tizimlarining infokiosklaridan sotib olinadigan QR-kodli bir martalik chiptalar yordamida to‘lanadi.

Avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd to‘lov 2000 so‘mdan 3000 so‘mgacha oshiriladi. Naqdsiz to‘lovda narx o‘zgarmay, 1700 so‘m bo‘lib qoladi.

Ushbu tizim endi ishga tushdi va uni hali to‘la mukammal deb bo‘lmaydi. Masalan, bir martalik chiptani sotib olish mumkin bo‘lgan infokiosklar hamma joyda ham bevosita bekat ichida emas. Bundan boshqa noqulayliklar ham mavjud. Ammo ular vaqt o‘tishi bilan hal etilishiga umid bor.

“Gazeta.uz” Toshkent shahridagi avtobus bekatlaridan birida QR-kodli chipta sotib olish amaliyotini sinab ko‘rdi. Uni video davomida tomosha qilishingiz mumkin.