O‘zbekistonda amaldorlarning xalq bilan muloqoti kamayib borayotgani sari, ularning tilidan “uchadigan” “qanotli jumlalar” (xalq ta’rifi bilan aytganda — “qovun”lar) ham yildan-yilga kamayib ketmoqda. Ammo jarayon butunlay to‘xtab qolgan emas — davlat arboblari jamoatchilik bilan 2024-yilda ham, ozmi-ko‘pmi, muloqot qilib turdi, o‘z-o‘zidan bir qator yoddan chiqmas iqtiboslar ham aytildi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.