Men G‘olib Run yugurish musobaqasi 12-yanvar kuni Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tadi, u yerda mamlakat qurolli kuchlarining mingdan ortiq vakillari, kuch tuzilmalari xodimlari, professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar to‘planadi.

  • ishtirokchilar to‘planishi: ertalab soat 10:00 da;
  • tadbir boshlanishi: soat 11:00 da.

Tadbirning asosiy tashkilotchisi O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi bo‘lib, u Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Toshkent shahri hokimligi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Bosh hamkor sifatida “O‘zbekneftgaz” AJ ishtirok etmoqda.

Men G‘olib Run harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi Qurolli Kuchlar va kuch tuzilmalari o‘rtasida shosse yugurishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida o‘tkazilmoqda. An’anaga ko‘ra, musobaqaning birinchi bosqichi yanvar oyida, ikkinchi bosqichi esa may oyida, Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladi. Men G‘olib Run o‘tib boruvchi kubogi quyidagilar orasida o‘ynaladi:

  • Qurolli Kuchlar o‘quv yurtlarining 6 ta jamoasi;
  • kuch tuzilmalari ning 7 ta jamoasi.

“Men G‘olib Run yugurish musobaqasi jamiyatda milliy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va kuch tuzilmalari vakillari o‘rtasidagi musobaqa hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Ayniqsa, ushbu nufuzli tadbir federatsiya homiyligida o‘tkazilayotgani mamnuniyat uyg‘otadi. Men G‘olib Run nafaqat harbiy xizmatchilar va kuch tuzilmalari xodimlari uchun, balki barcha yugurish ishqibozlari uchun ham yangi sport mavsumiga kuchli start bo‘lib xizmat qiladi”, – dedi Yengil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari Andrey Abduvaliyev.

Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ikkita masofa kiritilgan:

  • 3 km;
  • 10 km.

Ishtirokchilar uchun slotlarni 8-yanvargacha Yugur.uz platformasidagi havola orqali sotib olish mumkin. Slotlar soni cheklangan: 

  • 3 km masofaga – 860 ta; 
  • 10 km masofaga – 640 ta o‘rin mavjud.

Start paketlari narxlari:

  • 3 km – 149 ming so‘m;
  • 10 km – 199 ming so‘m.

Yugurish ishqibozlari yakka tartibda, idoraviy tuzilmalar uchun jamoaviy musobaqalar tashkil etiladi.

Ishtirokchilarning start paketiga quyidagilar kiradi:

  • ko‘krak start raqami;
  • My Laps chipi;
  • baff;
  • Long Sleeve futbolkasi;
  • 4 to‘g‘nog‘ich.

Start paketlari 10-yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Yengil atletika federatsiyasi binosida beriladi. Manzil: Islom Karimov ko‘chasi 98-uy. Mo‘ljal: Paxtakor stadioni.

Men G‘olib Run harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazish haqidagi rasmiy nizom bilan Yengil atletika federatsiyasi saytida tanishib chiqish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.