UzAuto Motors 7-yanvar kuni Cobalt GX-STYLE AT PLUS va Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobillari kontraktatsiyaga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar 7-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab savdo.uzavtosanoat.uz onlayn platformasi va UzAvtosavdo ilovasi orqali tuzilishi mumkin bo‘ladi.
UzAuto Motors o‘z xabarida avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozimligini eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 19-dekabr kuni ham Cobalt uchun kontraktatsiya ochgandi.