6-yanvar kuni soat 20:25 da O‘zbekistonda epitsentri Navoiy viloyatiga to‘g‘ri kelgan yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila markazi — Tomdi tumani. Koordinatalar: 41,92 gradus shimoliy kenglik; 65,08 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 3,6. Chuqurlik — 10 km. Epitsentr Toshkentdan 352 km shimoli-g‘arbda.