Rejissyor Bredi Korbet tomonidan suratga olingan “The Brutalist” filmi eng yaxshi film (drama) nominatsiyasida 2025-yilgi “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi. 82-mukofot topshirish marosimi 5-yanvar kuni Los-Anjelesda Gollivud Xorijiy matbuot assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tdi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha mukofotlarni quyidagi filmlar va ijodkorlar qo‘lga kiritdi:

  • Eng yaxshi film (komediya yoki myuzikl) — “Emiliya Peres”;
  • Eng yaxshi chet tilidagi film — “Emiliya Peres”;
  • Eng yaxshi animatsion film — “Oqim”;
  • Aktrisalar orasida eng yaxshi ijro (drama) — Fernanda Torres (“Men hamon shu yerdaman”);
  • Aktyorlar orasida eng yaxshi ijro (drama) — Edrian Broudi (“Brutalist”);
  • Aktrisalar orasida eng yaxshi ijro (komediya yoki myuzikl) — Demi Mur (“Substansiya”);
  • Aktyorlar orasida eng yaxshi ijro (komediya yoki myuzikl) — Sebastian Sten (“Boshqa odam”);
  • Eng yaxshi ikkinchi plan aktrisasi — Zoi Saldana (“Emiliya Peres”);
  • Eng yaxshi ikkinchi plan aktyori — Kiran Kalkin (“Haqiqiy og‘riq”);
  • Eng yaxshi rejissyor — Bredi Korbet (“Brutalist”);
  • Eng yaxshi ssenariy — Piter Stroxan (“Konklav”);
  • Eng yaxshi musiqa — Trent Reznor, Attikus Ross (“Da'vogarlar”);
  • Eng yaxshi tarona — El Mal (“Emiliya Peres”);
  • Kassa natijalari bo‘yicha muvaffaqiyat — “Zolima”;
  • Eng yaxshi serial (drama) — “Syogun”;
  • Eng yaxshi serial (komediya yoki myuzikl) — “Uddaburonliklar”;
  • Eng yaxshi mini-serial — “Go‘dak bug‘u”;
  • Aktrisalar orasida eng yaxshi ijro (drama, serial) — Anna Savai (“Cyogun”);
  • Aktyorlar orasida eng yaxshi ijro (drama, serial) — Hiroyuki Sanada (“Cyogun”);
  • Aktrisalar orasida eng yaxshi ijro (komediya yoki myuzikl, serial) — Jin Smart (“Uddaburonliklar”);
  • Aktyorlar orasida eng yaxshi ijro (komediya yoki myuzikl, serial) — Jeremi Allen Uayt (“Ayiq”);
  • Aktrisalar orasida eng yaxshi ijro (mini-serial) — Judi Foster (“Chinakam izquvar: tunlar mamlakati”);
  • Eng yaxshi ikkinchi plan aktrisasi (serial) — Jessika Ganning (“Go‘dak bug‘u”);
  • Aktyorlar orasida eng yaxshi ijro (mini-serial) — Kolin Farrell (“Pingvin”);
  • Eng yaxshi ikkinchi plan aktyori (serial) — Tadanobu Asano (“Cyogun”);
  • Eng yaxshi stendap komediya konserti — Ali Vong: “Yolg‘iz xonim”

Eslatib o‘tamiz, “Gazeta.uz” yangi yil arafasida “Kontekst” podkastida kinorejissyor Sarvar Karimov bilan 2024-yilda taqdim etilgan kinolar haqida suhbatlashgandi. Podkastda Sarvar Karimov, jumladan, ijodkorlari “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Substansiya”, “Zolima”, “Go‘dak bug‘u”, “Pingvin” kabi kartinalar haqida o‘z fikrlarini bildirgandi.

Podkastni to‘liq quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: