Shavkat Mirziyoyev Xitoy janubi-g‘arbidagi tog‘li hududlarda kuchli zilzila oqibatida odamlar halok bo‘lgani yuzasidan mamlakat raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘ladi.
Prezident matbuot kotibining qayd etishicha, O‘zbekiston rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tilagan.
Avvalroq yozganimizdek, 7-yanvar kuni ertalab Tibet hududidagi Shigatsze shahrining Dinji uyezdida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yer qimirlashi oqibatida kamida 95 kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, kamida 130 kishi jarohatlandi, minglab uylarga zarar yetdi.