2024-yil 10-oktabrda Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov issiqlik ta’minoti va issiq suv uchun subsidiyalarga 100 milliard so‘m ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilib, uni jamoatchilikdan yashirib qo‘ygan. Bu haqda Daryo xabar bermoqda .

E-qaror saytida skrinshot.E-qaror saytida skrinshot.

Nashr bu haqda 26-dekabr kuni xabar bergan, biroq 709−14−0-Q/24 sonli hujjat haligacha yopiqligicha qolmoqda. “Gazeta.uz” buning sabablari yuzasidan poytaxt hokimligiga so‘rov yuborgan, biroq hozirgacha javob olmadi.

Qonunchilikka ko‘ra, hokim qarorda shaxsiy, vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maxfiy hisoblangan boshqa turdagi axborot (mudofaa va xavfsizlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar) bo‘lsa, uni yashirishi mumkin.

Biroq mazkur qarorda issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti uchun mavjud qarz va kutilayotgan xarajatlarni qoplash maqsadida mahalliy budjetdan 100 milliard so‘m ajratilishi nazarda tutilgan. Ilgari bu mablag‘lar respublika budjetidan ajratilar edi.

Bunga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori asos qilib ko‘rsatilgan. Ushbu hujjat doirasida Fransiyaning Veolia kompaniyasi 30 yil davomida Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritgandi.

Bundan tashqari, kengash qarorlariga muvofiq pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘rilgan zararlar har oy Toshkent shahri mahalliy budjetidan subsidiyalar ajratish hisobiga qoplanadi.

e-qaror, issiqlik ta’minoti, shavkat umurzoqov, subsidiyalar, toshkent hokimligi

Keyinchalik bu pullar tumanlar o‘rtasida taqsimlanib, mahalliy budjetlar va Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlariga issiqlik ta’minoti uchun subsidiyalar ajratish to‘g‘risida alohida qarorlar qabul qilingan:

  • Yakkasaroy tumani — 4,42 mlrd so‘m;
  • Shayxontohur tumani — 7,16 mlrd so‘m;
  • Sergeli tumani — 2,89 mlrd so‘m,
  • Uchtepa tumani — 8,13 mlrd so‘m,
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — 14,1 mlrd so‘m,
  • Yangihayot tumani — 3,64 mlrd so‘m,
  • Bektemir tumani — 2,37 mlrd so‘m,
  • Chilonzor tumani — 8,05 mlrd so‘m,
  • Yunusobod tumani — 7,46 mlrd so‘m.

Yashnobod, Olmazor va Mirobod tumanlari hokimlarining qarorlarini topib bo‘lmadi. Katta ehtimol, ular ham yashirilgan.

Shayxontohur tumani hokimligi hujjatga XDFU (xizmat doirasida foydalanish uchun) belgisini qo‘ygan. Bu qaror avvaliga hokimlik tomonidan yashirilgani, ammo adliya boshqarmasi tomonidan ochib qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, budjetdan mablag‘ ajratish va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga taalluqli va ular ochiq bo‘lishi kerak.

Qonunchilikka ko‘ra, Toshkent hokimining bu qarori ochiq bo‘lishi lozim, chunki u budjet mablag‘larini taqsimlash bilan bog‘liq.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, Vazirlar Mahkamasining 594-sonli qaroriga muvofiq, pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘rilgan zararlar kengash qarori asosida har oyda Toshkent shahri mahalliy budjetidan subsidiyalar ajratish yo‘li bilan qoplanadi. Bundan kelib chiqadiki, mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarorni hokim emas, xalq deputatlari kengashi qabul qilishi kerak edi, deb yozadi Daryo.

Moliyachi Otabek Bakirovning e’tibor qaratishicha, Тошкент shahri hokimi 7-sentabr kuni “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy ajratish to‘g‘risida"gi qarorni ham tasdiqlagan. Hujjat ochiq edi (keyinchalik yashirildi), bu foydalanuvchilarga bolalarning himoyalanishi kerak bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rish imkonini berdi. Qarorda yetim bolalarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, uy manzili va xonadon raqamlari ko‘rsatilgand.

4-yanvar kuni xalq deputatlari Olmazor tumani kengashi ham qaror qabul qildi, unda “ayollar daftariga” kiritilgan o‘nlab ayollarning shaxsiy ma’lumotlari, jumladan, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va hattoki pasport raqamlari ko‘rsatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tariflari ikki barobar oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov bu xarajatlarni qoplash uchun yetarli emasligini, shu bois subsidiyalar ajratilayotganini ta’kidladi. U eskirgan va ko‘p energiyaga sarflovchi uskunalar, hisoblagichlarning yetishmasligi bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatdi.

Poytaxt budjetidagi barcha xarajatlarning to‘rtdan bir qismi issiqlik ta’minoti korxonalarining aholi uchun pasaytirilgan tariflardan foydalanish natijasida yo‘qotishlarini qoplashga yo‘naltiriladi. 2024-yilda buning uchun 1,97 trillion so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgan edi, bu 2023-yil prognozidan (1,6 trillion so‘m) 22,8 foizga ko‘p.

Avvalroq Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiq suv va isitish uchun tariflar oshishini gaz va elektr energiyasi narxi oshishi bilan asoslagan edi. Korxona ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda aholi bazaviy tarif miqdorining 18 foizini qoplaydi.

2022-yil yakunida ayrim deputatlar va Hisob palatasi bunga qarshi chiqqan bo‘lsa-da, Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tariflarining pastligi tufayli yo‘qotishlarni qoplash uchun davlat budjetidan 35,8 million dollar ajratilgan. Moliya vazirligi sobiq rahbari garchi mahalliy budjetda 1,3 trillion so‘m qolgan bo‘lsa ham, buni unda mablag‘ yo‘qligi bilan izohlagandi.