FVV qutqaruvchilari tomonidan Jizzaxda kir yuvish mashinasi ichida qisilib qolgan bolakay qutqarildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Holat 6-yanvar kuni soat 18:40 da Jizzax shahri Ittifoq mahallasidagi bo‘lgan. FVBga ko‘p qavatli uylarning birida bolakay ehtiyotsizlik oqibatida kir yuvish mashinaning quritish qismida qisilib qolgani to‘g‘risida xabar tushgan.

фвв

FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida bolakay sog‘-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan. Vazirlik bolaning ahvoli yaxshiligini bildirdi.