7-yanvar kuni ertalab Tibetning baland tog‘li hududlaridan birida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters. AQSh Geologiya xizmati zilzila magnitudasini 7,1 deb baholadi.
Zilzila epitsentri Tigra tumanida 10 km chuqurlikda va Everestdan taxminan 80 km shimolda joylashgan. Keyinchalik 4,4 gacha bo‘lgan bir nechta aftershoklar qayd etildi.
Zilzila oqibatida kamida 53 kishi halok bo‘ldi, 62 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Sinxua” davlat axborot agentligi. 1000 dan ortiq uylarga zarar yetgan.
Yer silkinishlari qo‘shni Nepal, Butan va Hindistonda ham sezildi, deya qayd etadi Reuters.
Xitoy raisi Si Szinpin qurbonlar ortib ketishining oldini olishi maqsadida keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishni buyurdi. Zarar ko‘rgan hududlarga 1500 dan ortiq yong‘in o‘chiruvchi va qutqaruvchilar yuborildi.