Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchayotgan Boeing-737 samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi RIA Novosti favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayanib.

Mash Telegram kanalining xabar berishicha, samolyot Utair aviakompaniyasiga tegishli.

“Samolyot stabilizatordagi nosozlik tufayli Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Qo‘nish muammosiz o‘tdi”, — dedi RIA manbasi.

Flightradar xizmatidagi ushbu parvoz xaritasida samolyot Leningrad viloyati uzra havoga ko‘tarilgandan so‘ng ikki marta, so‘ngra Vnukovoga qo‘ngunga qadar Moskva viloyati ustida yana o‘n marta aylangani ko‘rinadi.

samolyot, utair

Qayd etilishicha, samolyotda 173 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Aviakompaniya, aeroport va Rossiya aviatsiya ma’muriyati hozircha vaziyatga izoh bermadi.