Siyosat

dayjest

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari chegara masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat rahbarlari uch davlat chegaralari tutashgan nuqtada umumiy chegara uchastkalari chizig‘i masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Ular ushbu yig‘ilish “xalqlar va mamlakatlar farovonligi yo‘lida mintaqa taqdirini o‘nlab yillar davomida belgilab berishiga” ishonch bildirdi.


dayjest

Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yangi rahbar tayinlandi

Ilyas Nurimbetov Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali direktori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar SSV Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


dayjest

Nurullan Erlepesov Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi

Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib Nurullan Erlepesov Umirzakovich tayinlandi.


Iqtisodiyot

dayjest

Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Asosiy ma’lumotlar

Deputatlar elektron sigaretalar (tamakini isitish tizimlari emas, veyplar) muomalasini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri bunday sigaretalar yoshlar orasida keng tarqalganini aytib, ularning zarari haqida ma’lumot berdi.


dayjest

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari dekabr oyida ham kamaydi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari dekabr oyida 290 mln dollarga kamayib, 2024-yil yakuniga ko‘ra 41 mlrd 181,6 mln dollarni tashkil etdi. Yil davomida oltin narxining ko‘tarilishi fonida rezervlar qiymati 6,6 mlrd dollarga ko‘paydi.


dayjest

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish taklif qilinmoqda

Qonunchilik palatasida qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Hujjat bilan sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.


dayjest

Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan turistik klasterlarni tashkil etish tartibi tasdiqlandi. Turoperator — mehmonxona — transport xizmatlarini ko‘rsatadigan, mehmonlarni saqlash va hunarmandchilik mahsulotlari sotish uchun sharoiti mavjud tadbirkorlar turistik klaster maqomini olishga ariza yuborishi mumkin.


Jamiyat

dayjest

Mulohaza: Nima uchun ma’muriy qamoq ko‘p hollarda huquqbuzarlik muammosini hal qilmaydi va uni suiiste’mol qilishdan qanday tiyilish mumkin?

O‘zbekistonda ma’muriy qamoq huquqbuzarlikka qarshi kurashning bahsli chorasi bo‘lib qolmoqda. Uning keng qo‘llanishi tizimning insonparvarligiga shubha uyg‘otadi. Ma’muriy qamoq qachon o‘rinli, uni qo‘llash bo‘yicha yondashuvni qanday o‘zgartirish kerak? Huquqshunoslar Husain Radjapov va Farhod Fozilov mulohazasi.


dayjest

Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sochi — Toshkent yo‘nalishi bilan uchib kelayotgan samolyotda mast erkak bort kuzatuvchi qizning tanasini bir necha marta ushlab, shahvoniy shilqimlik qildi. Sud unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.


dayjest

Transport vazirligi Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar uchun jarimani rad etdi

O‘zA Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar “chiptasiz sayohat” moddasi bo‘yicha jarimaga tortilishi haqida xabar berdi. Xabarni aksariyat OAV va “Toshshahartransxizmat” qayta chop etdi. Transport vazirligi esa ma’lumotni rad etdi.


dayjest

O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalar ro‘yxati yangilandi

Oliy sud ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan kontentlar ro‘yxatini yangiladi. Ular orasida Telegram, YouTube, Instagram`dagi va audio, video va matn formatdagi materiallar bor.


dayjest

Toshkent viloyatida onasi kaltaklagan 4 yoshli qiz vafot etdi

23-dekabr kuni Bo‘stonliq tumanida 4 yoshli qiz onasining kaltaklashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgandi. Bola 15 kun o‘tib tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


dayjest

Iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi

1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni so‘raydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.


dayjest

Toshkent viloyatida fevraldan issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori bilan 2025-yil fevral oyidan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti tariflari narxi oshirilmoqda. Ro‘yxat.


dayjest

Attraksionlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik reglament tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan attraksionlar xavfsizligi bo‘yicha texnik reglament va ularning davlat reyestrini yuritish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati asosan to‘rtta idora tomonidan amalga oshiriladi.


dayjest

Metapnevmovirus yangi bo‘lmagan, mavsumiy va keng tarqalgan virus — JSST

JSST metapnevmovirus bo‘yicha izoh berarkan, u yangi virus emasligini ta’kidladi. U keng tarqalgan bo‘lib, qish va bahorda aylanib yuradi va shamollashga o‘xshash respirator alomatlarni keltirib chiqaradi. Virusli infeksiya uchun odatiy profilaktika choralari — qo‘llarni yuvish va xonani shamollatish.


dayjest

2024-yilda 263 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilgan — Antikorrupsiya agentligi

2024-yilda 263,9 mlrd so‘mlik 234 ta davlat xaridi noqonuniy o‘tkazilgani aniqlanib, natijalari bekor qilindi, deb Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi monitoring xulosalarini e’lon qildi. Ularning aksariyati SSV, Transport vazirligi hissasiga to‘g‘ri keldi.


dayjest

O‘zbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri paydo bo‘ladi

Deputatlar majburiyatlar reyestrini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Unda sud va boshqa hujjatlar bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmaydigan qarzdorlar ma’lumotlari bo‘ladi. Bunda joriy etilgan cheklovlar majburiyat bajarilgunga qadar o‘z kuchida qoladi.


Jahon

dayjest

“Grenlandiya va Panama kanali AQSh nazoratiga o‘tishi, Kanada Amerika shtatiga aylanishi kerak”. Trampning nutqidagi asosiy gaplar

Donald Tramp Grenlandiya va Panama kanali AQSh nazoratiga o‘tishi kerakligi, buning uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilmasligini aytdi. U, shuningdek, Kanadani Qo‘shma Shtatlarga qo‘shish uchun “iqtisodiy kuch” bilan tahdid qildi. AQShning saylangan prezidenti yana nimalar dedi — “Gazeta.uz” obzorida.


dayjest

BAA Isroil va AQSh bilan G‘azoni vaqtincha boshqarishni muhokama qilmoqda — Reuters

BAA Isroil va AQSh bilan Isroil qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin G‘azo sektorining kelajagi bo‘yicha yopiq muzokaralar olib bormoqda, deb yozdi Reuters. Abu Dabi Falastin ma’muriyatini isloh qilish, huquq va vakolatlarini kengaytirish tarafdori.


dayjest

Daniya, Grenlandiya va Kanada Donald Trampning hududiy da’volariga javob berdi

Daniya, Grenlandiya va Kanada bosh vazirlari AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning ushbu hududlar ustidan nazorat o‘rnatish istagini bildirgan bayonotlariga izoh berdi. “Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegishli”, — deb javob berdi grenland hukumati rahbari.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!