Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga Nurullan Erlepesov Umirzakovich tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan 7-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida tayinlovga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Jo‘qorg‘i Kengesining Budjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi Seytnazarov Berdibek so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi vazirni tanishtirdi.

Nurullan Yerlepesov 1971-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. U avval Samarqand iqtisodiyot va servis institutini, 2010-yilda esa Qoraqalpoq davlat universitetininng sirtqi bo‘limini tugatgan.