Ijtimoiy tarmoqlarning birida Farg‘onada uyda saqlanayotgan yovvoyi Kaliforniya forsi iloni aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB TKX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari bu holatni viloyat Ekologiya boshqarmasiga bilan birga o‘rgandi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar qildi.

Shaharning Mash’al mahallasida yashovchi fuqaro K.K. o‘z xonadonida ilonni hech qanday ruxsatnomasiz boqib kelayotgani aniqlangan. Bu holat “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga zid ekani uchun masala tegishli idoralarga yo‘naltirilgan.

ilon

Qayd etilishicha, Ekologik nazorat inspeksiyasi va Farg‘ona shahar bo‘limi davlat inspektorlari vaziyatni o‘rganib, fuqaro bilan suhbatlashgan. Natijada K.K. ilonni hayvonot bog‘iga topshirishga rozi bo‘lgan va ilon Farg‘ona hayvonot bog‘iga o‘tkazilgan.