Siyosat

dayjest

Prezident ta’tildan qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-yanvar kuni boshlangan qisqa muddatli ta’tilini yakunladi.


Iqtisodiyot

dayjest

2025-yilda soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi. Asosiy soliq stavkalari saqlanib qoldi, biroq bir qator mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va qat’iy belgilangan soliq stavkalari o‘zgardi. Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilindi.


dayjest

Pensiya miqdori ko‘proq chiqishi uchun nima qilish kerak?

Pensiya jamg‘armasi bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar berdi. Jamg‘arma pensiyaga chiqish vaqti kelganda muammolarga uchramaslik, pensiya miqdori esa yuqoriroq bo‘lishi uchun fuqarolar qanday yo‘l tutishi kerakligini tushuntirdi.


dayjest

O‘zbekistonga elektromobil va gibrid avtomobillar importi ilk bor benzinli mashinalardan o‘zib ketdi

O‘zbekistonda avtomobillar importi tarkibi o‘zgardi. Ilgari benzinli avtomobillar yetakchilik qilgan bo‘lsa, 2024-yilda birinchi marta elektromobil va gibrid avtomobillar importi hajmi ulardan oshib ketdi. Import qilingan elektromobillarning o‘rtacha narxi deyarli uch barobarga arzonlashdi.


dayjest

Toshkentda elektromobillarni quvvatlantirish shohobchalari faoliyati tiklanmoqda

Energetika vazirligi tadbirkorlar bilan uchrashib, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari bilan bog‘liq muammolarni muhokama qildi. Tadbirkorlarga energetika qoidalariga rioya qilish zarurligi eslatildi. Uchrashuv ishtirokchilaridan birining “Gazeta.uz"ga aytishicha, shohobchalar tarmoqqa ulana boshlagan.


Jamiyat

dayjest

Dam olish kunlarida nisbatan iliq va yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi

Dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…-3 daraja, kunduzi +6…+11 daraja bo‘ladi.


dayjest

Samarqandda IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda

Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda. U buning uchun ikki fuqarodan biriga jinoyat ishini tugatib berishni, ikkinchisiga esa uy qamog‘i bilan ozodlikda qoldirishni va’da qilgan.


dayjest

Pop tumani FVB boshlig‘i 160 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi

Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlandi. U 2 gektar yerni xaridor nomiga o‘tkazib, u yerda kottej qurish uchun ruxsatnoma olib berishini aytgan.


dayjest

Sirdaryoda 13 yil avval sudlangan sobiq IIB xodimi oqlandi

Sirdaryo viloyatida 13 yil avval jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan sobiq IIB xodimi kassatsiya instansiya sudida oqlandi. Sudlanuvchi o‘sha vaqtda 3 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan, jazo o‘tab bo‘lingandan so‘ng, sudlanganligi vaji bilan ishga olinmagan.


dayjest

Qo‘ng‘iroqqa javob berishda kartadan pul yechib olinmaydi, ammo ma’lumotlar va SMS kodini ulashmaslik lozim — MB

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda begona raqamlardan qo‘ng‘iroqlarga javob berilayotganda bank kartalaridan pul avtomatik yechib olinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Regulyator login, parol va SMS kodlarini notanish shaxslarga berish, shuningdek, zararli APK fayllarni o‘rnatish mumkin emasligini eslatdi.


dayjest

O‘zbekiston Henley Passport Index reytingida 80-o‘rinda qoldi

O‘zbekiston pasporti Henley & Partners reytingida dunyoning eng kuchli pasportlari orasida 80-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston fuqarolari 62 ta davlatga vizasiz yoki yetib borganida viza olish imkoniyatiga ega.


dayjest

Bo‘stonliqda qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirib ketildi

Bo‘stonliqdagi Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida noma’lum shaxslar Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni sirtmoq bilan o‘ldirgani aniqlandi. Ular hayvonning terisini qoldirib, boshqa qismlarini olib ketgan. Hozirda huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.


dayjest

Sirdaryoda 10 ming dollarga AQSh vizasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Sayxunobod tumanida fuqaroga 10 ming dollar evaziga AQShga borishi uchun talabalik vizasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi. U puldan 5 ming dollar va 26 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.


dayjest

Toshkent hayvonot bog‘iga yangi hayvonlar olib kelindi

Toshkent hayvonot bog‘i kolleksiyasi uchta alpaka, bitta lama va har xil turdagi beshta turna bilan to‘ldirildi.


dayjest

Toshkent mehmonxonasida rossiyalik jurnalist o‘limi ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxs ayblanmoqda

Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi va o‘zbekistonlik fuqaroning Toshkent mehmonxonasidagi o‘limida gumonlanib 4 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida mehmonxona egasi, santexnik va eski, nosoz isitish qozonini sotgan sotuvchilar bor. Qozon xavfsizlik qoidalarini buzgan holda o‘rnatilgan.


dayjest

Davlat bog‘chalarida “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi

Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarini “Yagona mavsumiy taomnoma” bo‘yicha ovqatlantirish, bunga autsorsni jalb qilish rejalashtirilmoqda. Hududlar kesimida bir bola uchun kunlik xarajat belgilab olinadi. Uning nazorati bilan yangi Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish markazi shug‘ullanadi.


Madaniyat

dayjest

O‘zbekistonlik rejissyor Sabina Bakayevaning hujjatli filmi Berlin kinofestivalida namoyish etiladi

“Gazeta.uz” jurnalisti Sabina Bakayevaning filmi 75-Berlin kinofestivalida namoyish etiladi. Ayol shaxsi shakllanishiga bag‘ishlangan qisqa metrajli film Berlinal dasturiga kiritilgan O‘zbekistonda suratga olingan uchinchi filmdir. Muallifning Berlindagi premerada ishtirok etishi viza olish bilan bog‘liq.


Jahon

dayjest

Sud Trampga to‘lovlar ishi bo‘yicha shartlarsiz ozodlikni tayinladi

Sud Donald Trampga pornoaktrisaga qilgan to‘lovlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha hukm chiqardi va unga hech qanday shartlarsiz ozodlikni tayinladi. Ya’ni u qamoq yoki jarima kabi jazolarni olmaydi.


dayjest

“Meksika Amerikasi — yomon eshitilmayapti”. Meksika prezidenti Trampga uning uslubida javob qaytardi

Tramp Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfazi deya o‘zgartirish kerakligini aytgach, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum unga javob qaytardi. “Meksika Amerikasi — yomon eshitilmayapti”, — degan prezident hozirgi AQSh hududining bir qismi Meksika bilan birlashtirilgan 1607-yilgi eski xaritaga ishora qildi.


dayjest

Daniya Trampning Grenlandiya bilan bog‘liq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi — CNN

Donald Trampning jamoasi Daniyani bo‘lajak prezidentning Grenlandiya bilan bog‘liq niyatlari jiddiyligidan ogohlantirdi. Tramp orolni sotib olish haqida 2019-yilda o‘ylagan edi, biroq hozirda, Daniya rasmiylarining fikriga ko‘ra, vaziyat “mutlaqo boshqacha”.


dayjest

2024-yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi

2024-yil ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi — global o‘rtacha harorat birinchi marta sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,5 darajadan ko‘proqqa ko‘tarildi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!