“Gazeta.uz” jurnalisti va rejissyor Sabina Bakayeva 13−23-fevral kunlari Germaniya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan 75-Berlin xalqaro kinofestivalida o‘zining debyut hujjatli filmi “Oydin” (“Nagota”)ni taqdim etadi. Qisqa metrajli film Berlinale Forum Special bo‘limida namoyish etiladi.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, uni “Oydin”ning Berlinda bo‘lib o‘tadigan jahon premerasida kutishmoqda, ammo shaxsiy ishtirok viza olinishiga bog‘liq.

“Viza olish uchun vaqtim juda kam. Festival fevral oyining o‘rtalarida boshlanishiga qaramay, 27-yanvardan 12-fevralgacha xorijda bo‘laman. Umid qilamanki, Berlinga ham boramiz”, — deydi Sabina Bakayeva.

“Oydin” — O‘zbekistonda suratga olinib, Berlinale dasturiga kiritilgan uchinchi film. 2014-yilgi festivalda Saodat Ismoilovaning “40 kunlik sukunat” filmi premerasi bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, 2000-yilda Berlinda Yusuf Roziqovning “Notiq” filmi namoyish etilgan.

Filmdan kadr.Filmdan kadr.

Sabina Bakayeva filmining syujeti ona va qizning vaqt kontekstida ayol shaxsiyatining shakllanishi va o‘ziga bo‘lgan munosabati, shuningdek, aqidalar, an’analar va shaxsiy tajribaning unga ta’siri haqidagi samimiy suhbatiga asoslanadi. “Oydin” filmining qahramonlari rejissyorning o‘zi va uning 66 yoshli onasi bo‘lib, onasi son-sanoqsiz taqiqlar zanjirini sindirishga va o‘z hayotini shaxsiy qarashlariga muvofiq qurishga erishgan.

“Men onamning ruhiyati haqida film suratga olmoqchi edim, ammo filmdagi mavzular menga ham, hozirgi O‘zbekistondagi ko‘plab ayollarga ham tegishli ekanini tushundim. Filmga kiritilgan juda shaxsiy suhbatlarga qaramay, suratga olishga va Toshkentda yopiq namoyish o‘tkazishga rozi bo‘lgani uchun onamdan nihoyatda minnatdorman”, — deydi Sabina Bakayeva.

Filmdan kadr.Filmdan kadr.

“Oydin” — Sabina Bakayevaning rejissyorlikdagi debyuti. 2023-yilda u Fransiyaning Ateliers Varan kino maktabi va O‘zbekiston va Markaziy Osiyo kinoijodkorlari uchun mustaqil ta’lim markazi bo‘lgan Tashkent Film School qo‘shma mahorat maktabida ishtirok etgan. Berlinale dasturiga tanlangan kartina ta’lim jarayonida suratga olingan. Jurnalist, shuningdek, ssenariy muallifi va operator sifatida ham ishlagan.

“Berlinalega kiritilishimni omadimning chopishi deb bilaman, chunki ilgari qo‘limga hech qachon kamera olmaganman. Film suratga olish rejissyorning iste’dodi va mahorati uchun faqat u tomoshabinlar uchun ishlayotgandagina sinov bo‘ladi. Men esa o‘zim uchungina suratga oldim. O‘z terapiyam uchun, chunki aks holda onam bilan o‘zi haqida gaplasha olmasdim”, — deydi Sabina Bakayeva.

Hujjatli filmning jahon premerasidan so‘ng “Oydin” 75-Berlin kinofestivalida Toshkentda yopiq namoyish etiladi.