O‘zbekistonda ta’lim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Sentabr oyiga qadar maktabda ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, bulling, suitsid, voyaga yetmaganlar jinoyatini oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha pedagog kadrlar uchun maxsus kurs va dasturlar ishlab chiqiladi.
O‘qituvchilarning kasbiy so‘nishining oldini olish, stresslarga bardoshlilik darajasini oshiruvchi simulyator va keyslar yaratish ham nazarda tutilgan.