Toshkent hayvonot bog‘i o‘z kolleksiyasiga uchta alpaka va bitta lama qo‘shilganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, hayvonot bog‘ida uch xil turdagi beshta turna paydo bo‘ldi.
“Ayniqsa, uzoq vaqtdan beri yolg‘iz bo‘lgan yapon turnasi nihoyat uzoq kutilgan sherigini topgani quvonchli yangilik bo‘ldi. Endi bizda chiroyli juftlik bor!” — qayd etiladi zoopark xabarida.