O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 24-dekabr kuni 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2025-yil uchun amaldagi asosiy soliq stavkalari saqlanib qolindi:
- Daromad solig‘i — 15 foiz;
- QQS — 12 foiz;
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 12 foiz;
- Ijtimoiy soliq — budjet tashkilotlari uchun 25 foiz va boshqalar uchun 12 foiz;
- Aylanmadan soliq — 4 foiz;
- Yer solig‘i (qishloq xo‘jaligi yerlari) — 0,95 foiz;
- Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i — 1,5 foiz;
- Sug‘orish uchun foydalaniladigan suv solig‘i — 1 metr kub uchun 100 so‘m (hisoblagichlar va suvni tejovchi texnologiyalar mavjud bo‘lmaganda 1,1 koeffitsiyent bilan).
Prezident qarori bilan QQS va daromad solig‘i stavkalari 2028-yilgacha oshirilmasligi belgilandi.
O‘zgarishlar
2025-yil 1-yanvardan filtrli sigaretalar uchun 10 foizli advalor aksiz solig‘i bekor qilindi va ichki bozor uchun stavka 19,7 foizga — 1000 donasi uchun 300 ming so‘mgacha (250,7 ming so‘m edi), import qilinadigan sigaretalar uchun esa 330 ming so‘mgacha oshirildi (+1,5 foiz, 325 ming so‘m edi).
1-iyuldan boshlab sigaretalar uchun aksiz solig‘i stavkalari mahalliy va import qilinadigan tovarlar uchun unifikatsiya qilinadi — 1000 dona uchun 340 ming so‘m miqdorida.
1-yanvardan boshlab boshqa tamaki mahsulotlariga ham aksiz solig‘i oshirildi: tarkibida nikotin bo‘lgan suyuqlikka (veyplar uchun) deyarli 3 baravar — 1 ml uchun 2000 so‘mgacha (670 so‘m edi), sigaralar — bir dona uchun 20 ming so‘m (6400 so‘m edi), qizdiriladigan tamaki — 1 kg uchun 450 ming so‘m (382 ming so‘m edi), chekiladigan, o‘rama tamaki — 1 kg uchun 600 ming so‘m (382 ming so‘m edi).
№ | Tamaki mahsulotlari turlari | Soliq stavkalari | |
№ | import qilinganda | ishlab chiqariladigan | |
1. | Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek | 2025-yil 1-yanvardan: 330 000 so‘m / 1 000 dona | 2025-yil 1-yanvardan: 300 000 so‘m / 1 000 dona |
2025-yil 1-iyuldan boshlab: 340 000 so‘m / 1 000 dona | |||
2. | Sigara | 20 000 so‘m / 1 dona | |
3. | Chilim uchun tamaki | 600 000 so‘m / kg* | |
4. | Chekiladigan, o‘rama tamaki | 600 000 so‘m / kg | |
5. | Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki | 382 000 so‘m / kg | |
6. | Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki mavdud bo‘lgan o‘xshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar | 450 000 so‘m / kg | |
7. | Nikotinli tamakisiz snyus | 154 000 so‘m / kg | |
8. | Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)** | 2000 so‘m / ml |
* Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham to‘lanadi.
** Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni (nikotinni) uni iste’mol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda to‘lanadi.
1-yanvardan boshlab mahalliy alkogolli mahsulotlar (aroq, konyak va boshqalar) uchun aksiz solig‘i stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilindi va endilikda 1 litr spirt uchun 44 ming so‘mni (40 ming o‘rniga) tashkil etadi, import qilinadigan tovarlar uchun esa u 25 foizga — 101,5 ming so‘mdan 76 ming so‘mgacha kamaytirildi.
Mahalliy va import qilinadigan ishlab chiqarish uchun etil spirtiga solinadigan aksiz solig‘i unifikatsiya qilindi va endi litri uchun 15 ming so‘mni tashkil etadi (avval 14,9 ming so‘m va 70 foiz edi). Don distillyatiga va texnik spirtni olish uchun sarflangan etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi uchun aksiz solig‘ini hisoblash aniqlashtirilmoqda. Don distillyati bo‘yicha standartga muvofiq, u 52 foiz hajmli etil spirtini o‘zida aks ettiradi.
Vinolar uchun tariflar ham unifikatsiya qilindi. Mahalliy tabiiy vinolar uchun aksiz solig‘i 1 litr uchun 5000 so‘m (1 so‘m edi), import vinolari uchun 14 ming so‘m (28,5 ming so‘m edi), boshqa mahalliy vinolar uchun 6 ming so‘m (2310 so‘m edi), boshqa import qilingan vinolar uchun esa 20 ming so‘m (40,6 ming so‘m o‘rniga) etib belgilandi.
Pivoga aksiz solig‘i mahalliy pivo litri uchun 2000 so‘m, import qilingan pivo uchun 6000 so‘m etib belgilandi. Ilgari bu ko‘rsatkichlar 1628 so‘m va 50 foiz (lekin kamida 12,2 ming so‘m)ni tashkil etgan.
№ | Alkogol mahsulotlari turlari | Soliq stavkalari (1 litr uchun) | |
№ | import qilinganda | ishlab chiqariladigan | |
1. | Oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi, shuningdek don distillyati (texnik spirtni olish uchun sarflangan etil spirtining boshlang‘ich fratsiyasi bundan mustasno) | 15 000 so‘m | |
2. | Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari (aksiz to‘lanadigan tovarlar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun, bundan 3 va 4-bandlar mustasno) | 76 000 so‘m | 44 000 so‘m |
3. | Vino: | ||
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda) | 14 000 so‘m | 5000 so‘m | |
boshqa vinolar, shu jumladan vermut | 20 000 so‘m | 6 000 so‘m | |
4. | Pivo | 6 000 so‘m | 2000 so‘m |
1-apreldan neft mahsulotlari (benzin, aviakerosin, dizel yonilg‘isi, ekologik toza dizel yonilg‘isi), dvigatel moylari hamda suyultirilgan va siqilgan gazga aksiz solig‘ini 10 foizga oshirish rejalashtirilgan, bu “ularning chakana narxlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi”, deyiladi budjetnoma loyihasida.
1-apreldan aksiz solig‘ini tarkibida shakar bo‘lgan barcha alkogolsiz ichimliklarga qo‘llash taklif qilinmoqda. Gazsiz shirin choylar, meva sharbatlari, sanoat usulida ishlab chiqariladigan kompotlar va tarkibida shakar bo‘lgan boshqa gazsiz shirin ichimliklar (morslar, limonadlar, kvaslar) uchun litriga 500 so‘m aksiz solig‘ini joriy etish rejalashtirilyapti. Bunda meva va sabzavotlardan tayyorlangan, tabiiy shirin (tarkibida fruktoza, glyukoza) bo‘lgan va qo‘shimcha shakar qo‘shilmagan sharbatlar uchun aksiz solig‘i qo‘llanilmaydi.
Tarkibida shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalari bo‘lgan gazlangan va gazsiz ichimliklar uchun aksiz solig‘ini 1 litri uchun amaldagi 500 so‘mdan 300 so‘mgacha kamaytirish taklif etilgandi, biroq bu amalga oshmadi. Gap shakar o‘rniga shakar o‘rnini bosuvchi moddalar ishlatib tayyorlanadigan diyetik gazli ichimliklar haqida bormoqda.
№ | Tovarlar nomi | Soliq stavkalari | |
2025-yil 1-yanvardan | 2025-yil 1-apreldan | ||
1. | Neft mahsulotlari: | ||
AI-80 va undan yuqori benzin | 340 000 so‘m / tonna | 375 000 so‘m / tonna | |
AI-91 va undan yuqori benzin | 303 000 so‘m / tonna | 335 000 so‘m / tonna | |
aviakerosin (sintetikdan tashqari) | 271 000 so‘m / tonna | 300 000 so‘m / tonna | |
dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) | 326 000 so‘m / tonna | 360 000 so‘m / tonna | |
EKO dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) | 293 000 so‘m / tonna | 325 000 so‘m / tonna | |
dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi | 461 000 so‘m / tonna | 510 000 so‘m / tonna | |
2. | Polietilen granulalar | 10 foiz | |
3. | Tabiiy gaz | 12 foiz | |
4. | Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan: | ||
AI-80 va undan yuqori benzin | 1 litr uchun 476 so‘m / 1 tonna uchun 633 000 so‘m | 1 litr uchun 525 so‘m / 1 tonna uchun 700 000 so‘m | |
AI-91 va undan yuqori benzin | 1 litr uchun 425 so‘m / 1 tonna uchun 565 000 so‘m | 1 litr uchun 470 so‘m / 1 tonna uchun 621 000 so‘m | |
dizel yoqilg‘isi | 1 litr uchun 476 so‘m / 1 tonna uchun 578 000 so‘m | 1 litr uchun 525 so‘m / 1 tonna uchun 635 000 so‘m | |
suyultirilgan gaz | 1 litr uchun 476 so‘m / 1 tonna uchun 904 000 so‘m | 1 litr uchun 525 so‘m / 1 tonna uchun 1 000 000 so‘m | |
siqilgan gaz | 1 metr kub uchun 678 so‘m | 1 metr kub uchun 750 so‘m | |
5. | Xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakar | 20 foiz | |
Tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar mavjud bo‘lgan va iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar* (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno): | |||
gazlangan | 1 litr uchun 500 so‘m | ||
gazlanmagan | - | 1 litr uchun 500 so‘m | |
Energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar | 1 litri 2000 so‘m |
* Mevalar va (yoki) sabzavotlardan tayyorlangan, tabiiy shirin bo‘lgan hamda tarkibida qo‘shimcha shakar va boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar mavjud bo‘lmagan sharbatlarga nisbatan soliq qo‘llanilmaydi.
1-yanvardan suvdan foydalanuvchilar, jumladan, elektr stansiyalari, kommunal xizmatlar, pivo va vinodan tashqari alkogolsiz va alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar hamda sanoat korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 10 foizga oshirildi. Prezidentning 2023-yil 1-apreldagi (PQ-107) qaroriga muvofiq, boshqa tarmoqlar uchun suv solig‘i stavkalari sanoat uchun belgilangan tariflar bilan bosqichma-bosqich unifikatsiya qilinadi.
Avtomobillarni yuvishda foydalaniladigan suv uchun soliq stavkasi 5,5 baravar oshiriladi — 1 kubometr uchun 2700 dan 15 ming so‘mgacha.
№ | Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari | 1 metr kub uchun soliq stavkasi (so‘mda) | |
yer usti suv resurslari manbalari | yer osti suv resurslari manbalari | ||
1. | Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (2-bandda ko‘rsatilganlardan tashqari), shu jumladan sanoat korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar | 700 | 850 |
2. | Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari | 110 | 135 |
3. | Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar | 100 | 100 |
4. | Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatiladigan suv hajmi | 15 000 | 15 000 |
5. | Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi | 38 000 | 38 000 |
Qazilma boyliklarida soliq ulushi uning xarid narxiga nisbatan juda pastligini inobatga olib marmar, granit, tabiiy bezaktosh, qum-shag‘al aralashmasi (shu jumladan, qurilish qumi va qumtoshlar) uchun alohida soliq stavkalari belgilandi.
Bundan tashqari, kon-kimyo xomashyosi hamda boshqa noruda qurilish materiallari uchun qazib olingan hajmga belgilangan qat’iy stavkalar 10 foizga indeksatsiya qilindi.
9. | Noruda qurilish materiallari | Sement xom ashyosi, bundan sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktosh mustasno | 5 foiz |
Sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktosh | 6600 so‘m / tonna* | ||
Arralanadigan xarsangtosh, xarsangtosh, ohaktosh-chig‘anoq, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz-porfiritlar, gabbro, slanets jinslari, karbonat xom ashyosi, travertin | 5 foiz, biroq kamida 6160 so‘m / metr kub | ||
Tabiiy bezaktoshdan bloklar | 5 foiz, biroq kamida 10 000 so‘m / metr kub | ||
Marmar | 5 foiz, biroq kamida 20 000 so‘m / metr kub | ||
Granitlar | 5 foiz, biroq kamida 30 000 so‘m / metr kub | ||
Gips toshi, gips va angidrid, ganch | 5 foiz, biroq kamida 15 950 so‘m / metr kub | ||
G‘isht-cherepitsa xom ashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar | 5 foiz, biroq kamida 4620 so‘m / metr kub | ||
Qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shag‘al aralashmasi** | 5000 so‘m / metr kubdan kam bo‘lmagan | ||
Ohak ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktosh, farfor xom ashyosi, keramzit xom ashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pellitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qo‘shimchalar, magnetit-gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar | 5 foiz |
*Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq sement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek ularga sement xom ashyosi — ohaktoshni realizatsiya qiladigan soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ining bazaviy stavkalari 10 foizga oshirildi.
Tovarlar, ishlar va xizmatlar elektron savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar (marketpleyslar) uchun foyda solig‘i stavkasi 7,5 foizdan 10 foizga, aylanmadan soliq stavkasi 2 foizdan 3 foizga oshirildi.
2023-yilda bunday tadbirkorlarning elektron tijorat doirasidagi umumiy aylanmasi 3,6 trln so‘mni (2022-yilda — 3 trln so‘m) tashkil etgan. Soliq imtiyozlari daromad solig‘i bo‘yicha 20,1 mlrd so‘mni (2022-yilda — 25,1 mlrd so‘m), aylanmadan soliq bo‘yicha esa — 1,9 mlrd so‘mni (2022-yilda — 1 mlrd so‘m) tashkil etgandi.
1-yanvardan mobil aloqa xizmatlariga aksiz solig‘i bekor qilindi.
Gaz uchun aksiz solig‘i stavkasi 20 foizdan 12 foizga tushirildi. Shu bilan birga, import qilinadigan gaz uchun aksiz solig‘i qaytarildi, u ham 12 foizni tashkil etadi.
2023-yilda joriy etilgan aylanmadan olinadigan qat’iy soliq stavkalari oshirildi. Ular 2026-yil 1-yanvargacha amal qiladi (bungacha ular muddatsiz joriy qilingandi). To‘lovlar miqdori:
Yillik aylanmasi, mln so‘m | Joriy stavka, mln so‘m | Taklif etilayotgan stavka, mln so‘m |
500 gacha | 25 | 34 |
500 — 1000 | 30 | 40 |
Moliyachi Otabek Bakirov “kichik biznes subyektlari orasida eng ommabop” hisoblangan aylanmadan qat’iy belgilangan soliqni bekor qilishga bu urinish birinchisi emasligini ta’kidlagandi.
“Shu yil bahorda ham yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari bahonasida tadbirkorlar uchun eng qulay soliq mexanizmini tugatishga urinib ko‘rilgandi. O‘shanda tashabbuskorlarning urinishi jamoatchilikning e’tirozlari tufayli chippakka chiqqandi. Eslatib o‘tamiz, biznes faollikni boshlash va mavjud faoliyatni oqartirish uchun ko‘prik vazifasini bajarayotgan ushbu mexanizmni 2 yil avval davlat rahbarining o‘zi taklif etgan edi”, — dedi u.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hozircha nima uchun 2026-yildan boshlab ushbu mexanizmdan voz kechishga qaror qilingani haqida izoh bermadi.
1-yanvardan mahalliy budjet daromadlarini oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning turar va noturar ko‘chmas mulk obyektlariga solinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda (Kengashlar bu soliqqa 0,5 gacha pasayuvchi koeffitsiyent qo‘llashi mumkin).
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini 10 foizga oshirildi, shuningdek, faoliyat turi va hududiga qarab minimal va maksimal stavkalar belgilandi.
№ | Faoliyat turi | Bir oylik soliq stavkalari (so‘mda) | |||
Toshkent shahri | Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar | boshqa shaharlar | boshqa aholi punktlari | ||
1. | Chakana savdo: | ||||
oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan | 700 000 — 1 000 000 | 265 000 — 800 000 | |||
dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan | 230 000 — 330 000 | 65 000 — 200 000 | |||
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan | 230 000 — 330 000 | 65 000 — 200 000 | |||
2. | Maishiy xizmatlar | 230 000 — 330 000 | 65 000 — 200 000 | ||
3. | Boshqa faoliyat turlari | 230 000 — 330 000 | 65 000 — 200 000 | ||
4. | Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari: | ||||
3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun | 200 000 | ||||
3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun | 300 000 |
Endi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlariga Soliq kodeksining 383-moddasida o‘rnatilgan qat’iy soliq stavkalarining eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazoni) doirasida tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy soliq stavkalari miqdorini belgilaydi. Ilgari ular soliq summalariga 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan.
Jami yillik daromadi 100 mln so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning xodimlariga oylik ish haqidan 12 foiz stavkadagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini yoki yakka tartibdagi tadbirkor uchun belgilangan qat’iy daromad solig‘ining 50 foizini to‘lash imkoniyati berildi.
Bozorlar va savdo majmualarida ishlayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq boshqa joylarda ishlayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar xodimlarniki kabi 1 BHMga (375 ming so‘m) tushirildi (avval 6 BHM, ya’ni 2,2 mln so‘m edi).
Mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 10−12 foizga oshdi.
Shuningdek, 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash bazasini aniqlashda 1 kvadrat metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymat 8,3−10 foizga oshirildi:
- Toshkent shahrida — 3,3 mln so‘m (ilgari 3 mln so‘m edi);
- Nukus va viloyat markazlarida — 2,2 mln so‘m (2 mln so‘m edi);
- boshqa shaharlar va qishloq joylarda — 1,3 mln so‘m (1,2 mln so‘m edi).
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (soliq solinadigan baza — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan kvartira, uy, noturar va qurilishi tugallanmagan obyektlarning kadastr qiymati).
№ | Soliq solish obyektlari | Soliq stavkalari, foizda |
1. | Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kvadrat metrgacha bo‘lganlarini qo‘shib hisoblaganda), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar | 0,34 |
2. | Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni: | |
200 kvadrat metrdan ortiq va 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan | 0,45 | |
500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan | 0,6 | |
3. | Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari. | 0,45 |
4. | Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari. | 1.5 |
Soliq imtiyozlarining bekor qilinishi
Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilindi. 2023-yilda 100 ta shunday subyekt 46,8 mlrd so‘m QQS imtiyozidan foydalangan. Imtiyozlarining bekor qilinishi QQS “zanjiri” uzluksizligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Gruziya, Tojikiston, Singapurda bunga o‘xshash imtiyozlar mavjud emasligi aytilgan.
Yagona tariflar bo‘yicha yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun QQS imtiyozlari ham bekor qilindi. Ilgari bu imtiyoz shahar jamoat transporti (taksilar, shu jumladan yo‘nalishli taksilar bundan mustasno) va shaharlararo poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmatlariga tatbiq etilgan.
2023-yilda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi 160 ta korxona tomonidan 77,2 mlrd so‘mlik QQS imtiyozidan foydalanilgan. Qozog‘iston, Tojikiston, Singapurda bunga o‘xshash imtiyozlar mavjud emasligi ta’kidlangan. Aytilishicha, bungacha yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ko‘rsatayotgan xizmatlari QQSdan ozod etilganligi bois, ular tomonidan sotib olingan tovarlar (transport vositalari, yoqilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va hokazolar) uchun to‘langan QQS summasini hisobga olish imkoniyatini cheklangan bo‘lgan.
JSTning “Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risida”gi bitimiga asosan tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq imtiyozlari bekor qilindi. Foyda solig‘ining eksport uchun nazarda tutilgan nol darajali stavkasi bo‘yicha 2022-yilda 971,8 mlrd so‘m va 2023-yilda 1 trln 121,6 mlrd so‘m imtiyozlar eksportchi korxonalar ixtiyorida qoldirilgan. Aylanmadan olinadigan soliqda eksport qilingan tovarlar soliq bazasiga kiritilmasligi natijasida 2022-yilda 11,7 mlrd so‘m va 2023-yilda 14,4 mlrd so‘m imtiyozlar eksportchi korxonalar ixtiyorida qoldirilgan.
Yangi imtiyozlar
2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) ozod etildi.
2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda, kambag‘al oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari kambag‘al oila a’zolari bo‘lgan xodimlarining mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrgacha kasbga o‘rgatish uchun maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilarini (o‘ttiz yoshdan oshmagan) ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari ularga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilari kasb o‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
2028-yil 1-yanvargacha magistral avtomobil yo‘llari bo‘yida ko‘chma savdo obyektlarini tashkil etgan yoshlar (o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar) faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan boshlab dastlabki olti oy davomida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha soliqlarni to‘lashdan ozod qilinadi.
2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha mamlakat norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan O‘zbekiston bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno) eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 mln AQSh dollaridan oshgan dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan (shu jumladan royalti to‘lanadigan) daromadlari qismida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
IT-Park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari ayrim shartlar bilan 2040-yilgacha uzaytirildi.
2030-yil 1-yanvargacha:
- Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod qilingan. Imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lardan nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlash, zarur tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘naltirilmoqda.
- O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun mamlakat hududiga olib kiriladigan, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan.
- Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ishlovchi chet el o‘qituvchilari va mutaxassislari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan.
- Chet el o‘qituvchilari va mutaxassislarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari chet el o‘qituvchilari va mutaxassislari bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni to‘lashdan ozod qilingan".
Kengashlarning vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlariga Soliq kodeksining 383-moddasida o‘rnatilgan qat’iy soliq stavkalarining eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazoni) doirasida tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy soliq stavkalari miqdorini belgilash vakolati berildi.
Kengashlar, shuningdek, soliq solish maqsadida qo‘llanadigan ko‘chmas mulk ijara qiymatining 1 kv metr uchun o‘rnatilgan minimal miqdorlarga nisbatan 2 gacha oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llashi mumkin bo‘ladi. Xususan, Toshkent shahrida ushbu koeffitsiyentni yer solig‘i kabi zonalar kesimida qo‘llash vakolati berildi.
Tumanlar (shaharlar) mahalliy kengashlariga suv solig‘i stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi va 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llash (qishloq xo‘jaligi, elektr stansiyalari, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari va ro‘yxati prezident qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq to‘lovchilar bundan mustasno) vakolati berildi.
Tuman va shaharlarning mahalliy kengashlariga noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qat’iy stavkaning 1,3 barobarigacha oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llash vakolati ham berildi.