Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida Amerika Qo‘shma Shtatlariga viza olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda I.R. fuqaro Sh. X.ga tanishlari yordamida 10 ming dollar evaziga AQShga borishi uchun talabalik vizasini olib berishini aytgan. Biroq shundan 5 ming dollar va 26 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.