Siyosat

dayjest

O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin

O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda. Muxolifat vakillari 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi mumkin. Avvalroq prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytgandi.


Iqtisodiyot

dayjest

Paynet Humo to‘lov tizimini 65 mln dollarga sotib oldi

Paynet kompaniyasi Milliy banklararo protsessing markazi — Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotib oldi. Kompaniya 3 nafar talabgordan eng yuqori narx — 65 mln dollar taklif qilgan.


dayjest

O‘zbekiston davlat ommaviy axborot vositalari 2025-yilda davlat budjetidan qancha mablag‘ oladi?

MTRKning 2025-yilga mo‘ljallangan budjeti 1,6 barobarga oshib, 881,3 mlrd so‘mga yetdi. Uning vazifasi odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, islohotlarni yoritish va boshqalardan iborat. Mamlakat ichki va tashqi siyosatini xolis yoritish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zA budjeti ham ko‘paydi.


dayjest

Elektrotexnika eksportini yiliga 3 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda elektrotexnika eksportini yiliga 3 mlrd dollarga, ishlab chiqarish hajmini esa 50 trln so‘mga yetkazish reja qilinmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.


dayjest

Jahon banki O‘zbekistonni iqtisodiyot o‘sishi va jahon savdosiga integratsiyalash uchun xizmatlar sohasini isloh qilishga chaqirdi

Jahon banki navbatdagi hisobotida O‘zbekistonni mamlakatda iqtisodiyot o‘sishi, ish o‘rinlari yaratish va jahon savdosiga integratsiyalashish uchun xizmatlar sohasini isloh qilishga chaqirdi va qator tavsiyalar berdi.


dayjest

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yerlardan oqilona foydalanishni monitoring qiladi

Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Monitoring ishlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.


dayjest

O‘zbekistonda ekspeditorlik kompaniyalari xalqaro yuk tashish sohasida QQSdan ozod qilinadi

O‘zbekistonda yuk jo‘natuvchilar va tashuvchilarni bog‘lovchi ekspeditorlik xizmatlari bozori 520 mln dollarga baholanmoqda. Bozorning 90 foiz ulushini xorijiy kompaniyalar egallaydi. Mahalliy ekspeditorlar ulushini 50 foizgacha oshirish maqsadida ular QQSdan ozod qilinadi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda 13−19-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda joriy ish haftasi quruq keladi. Dam olish kunlari esa bulutli va ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Hafta davomida havo harorati kunduzi +12…+16 daraja issiq bo‘lsa-da, tungi harorat nol daraja atrofida yoki undan pastroq kutilishi haftaning juda issiq o‘tmaslinini anglatadi.


dayjest

Jizzaxda ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi

Zomin tumanida kulvor ilonini tiriklay yegan fuqaro 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi. Qolaversa, u tabiatga 1 mln 125 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgani hisoblandi.


dayjest

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining mafkura bo‘yicha sobiq kotibi Ra’no Abdullayeva vafot etdi

O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining sobiq o‘rinbosari va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkura bo‘yicha kotibi Ra’no Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi. 1987-yilda u “paxta ishi” bo‘yicha hibsga olingan. Keyinroq u oqlangan, tergov paytida uning e’tiroflari katta rezonansga sabab bo‘lgan.


dayjest

Komil Allamjonov atrofidagi yetti nafar fuqaro ishi bo‘yicha sud boshlandi

Oliy sud Komil Allamjonov atrofidagi 7 nafar fuqaroning (qo‘riqchilar, haydovchi va boshqalar) shikoyatlarini ko‘rib chiqishni boshladi. Advokatning aytishicha, ular asossiz ravishda 15 sutkaga qamoqqa olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish sud-huquq tizimidagi “ko‘p sonli kamchiliklarni” ochib beradi.


dayjest

Turkiyada bolalar uyida qolgan 15 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyaning Tekirdag‘ viloyatidagi bolalar uyida bo‘lgan 15 yoshli bola buvisi hamrohligida vatanga qaytarildi. Unga muassasadan qochgani uchun qidiruv, buvisiga esa uni “tashkillashtirgani” uchun ayb e’lon qilingan. Istanbuldagi bosh konsulxona va tegishli tashkilotlar ko‘magida ayblovlarni rad etishga erishilgan.


dayjest

Hafta davomida quruq ob-havo kuzatiladi

13 va 14-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab iliq havo saqlanib qoladi, harorat +13 darajagacha isiydi. Hafta o‘rtasi ko‘p bulutli bo‘lishi kutilmoqda, biroq mamlakatning aksariyat qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati 2−3 darajaga tushadi.


dayjest

Foto: Toshkent aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi

Toshkent xalqaro aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi. Ekologik materiallardan yig‘ilgan uyda isitish va sovitish tizimlari o‘rnatilgan. “Mamlakat haqidagi tasavvur aeroportdan boshlanadi va bunday uychalar butun mamlakatning munosabati ko‘rsatkichidir”, — deya qayd etdi Uzbekistan Airports.


dayjest

Samarqand va Jizzaxda olis hududlardagi maktablarga qatnaydigan avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

2025-yil sentabrgacha Samarqand va Jizzax viloyatlarining olis hududlarida joylashgan maktablariga qatnaydigan avtobuslar autsorsing asosida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.


dayjest

Prezident qator harbiy va huquq xodimlarini mukofotladi

Prezident Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi.


Jahon

dayjest

Los-Anjelesda o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda, halok bo‘lganlar soni 24 taga yetdi

Olti kundan beri Los-Anjeles bo‘ylab keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi, 12 mingdan ortiq bino, jumladan, turar joy binolari, maktablar va cherkovlar vayron bo‘ldi yoki zarar ko‘rdi.


dayjest

Janubiy Koreya aeroportlarida radiomayoqli konstruksiyalar almashtiriladi

Janubiy Koreya hukumati mamlakat aeroportlaridagi radiomayoqli konstruksiyalarni almashtirmoqchi. Bunday qarorga Boeing 737−800 Jeju Air samolyoti halokatga uchragach, uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, bunday to‘siqqa urilgani sabab bo‘ldi. Hodisada bortdagi 181 kishidan 179 nafari halok bo‘lgan.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!