Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekistonda biroz bulutli, iliq havo saqlanib turadi, harorat kunduzi +11…+13 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Hafta o‘rtasidan bulutlilik oshishi kutilmoqda, respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 16−17-yanvarda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati 2−3 darajaga pasayadi. Kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan yengil, o‘rtacha tezlikda esadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0…+3, 13−14-yanvar kunlari kunduzi +11…+13, 15−17-yanvar kunlari esa +8…+10 daraja atrofida bo‘ladi.