Siyosat

dayjest

“Mintaqamiz uran va strategik xomashyolarga boy. Hamkorlarga barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz” — O‘zbekiston prezidenti

Prezident O‘zbekiston Markaziy Osiyoda “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalardan manfaatdor ekanini ta’kidladi. “Mintaqamiz ulkan uran va o‘ta muhim strategik xomashyo zaxiralariga boy. Bu yo‘nalishda har bir xorijiy hamkorimizga barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, — dedi u.


dayjest

Prezident “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitining ochilishida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitining ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbir kun tartibidan “yashil” iqtisodiyotda innovatsiyalarni joriy etish, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.


dayjest

O‘zbekiston va BAA sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qiladi

Shavkat Mirziyoyev Abu Dabida BAA sun’iy intellekt vaziri bilan ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik sheriklikni kengaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqdi. Generativ SIni ishlab chiqish, uni turli sohalarda qo‘llash, SI universitetida talabalarni o‘qitish dasturini joriy etishga kelishildi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonda qonuniy taksi bozori salkam 6 trln so‘mgacha o‘sdi

2024-yilda O‘zbekistonda taksi bozorining hajmi 5,89 trln so‘mga yetdi. Bir qatnov uchun o‘rtacha to‘lov 18 456 so‘mni tashkil qildi. Yil davomida deyarli 32 mln sayohat amalga oshirilgan bo‘lib, ularning 23,7 foizi karta orqali to‘langan. Yo‘lovchilar asosan Nexia, Cobalt, Lacetti avtomobillarida tashilmoqda.


dayjest

O‘zbekiston va BAA o‘rtasida 15 ta yangi hujjat imzolandi

O‘zbekiston hamda BAA rasmiylari va tadbirkorlari o‘rtasida yangi shartnoma va bitimlar imzolandi. Jetex kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportida VIP va CIP mijozlarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, aerotaksi va VIP taksi xizmatlarini joriy etish loyihasi shular jumlasidandir.


dayjest

Tadbirkorlar uchun bepul onlayn kurslar jamlangan “Kichik biznes akademiyasi” platformasi ishga tushdi

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun bepul kurslarga ega onlayn platforma — “Kichik biznes akademiyasi” ishga tushdi. Dastlabki uchta kursdan biznesni “kulrang” dan “oq rang"ga o‘tkazish, restoranni rivojlantirish va ijtimoiy tarmoqlarda do‘konni targ‘ib qilishni o‘rganish mumkin.


dayjest

Toshkentdagi “Beshyog‘och” bozori o‘rnida biznes markazi qurish taklif etildi

Turkiya kompaniyasi Chilonzor hokimi o‘rinbosari bilan muzokarada “Beshyog‘och” bozori o‘rnida yirik biznes markazi qurishni taklif qildi. Hokimlik loyiha hozircha muhokama bosqichida ekanini aytdi: “Ayni vaqtda loyiha aniq amalga oshishi, uning muddatlari va qiymati haqida hech qanday rejalar yo‘q”.


dayjest

“Adolatli raqobat tamoyillariga sodiqmiz”. Paynet — Humo’ni xarid qilgach

Humo to‘lov tizimini sotib olgan Paynet raqobatchilaridan ustunlikka ega bo‘lishi borasidagi xavotirlarga javoban adolatli raqobat tarafdori ekanini bildirdi.


Jamiyat

dayjest

Noqonuniy qazishlar sabab Zarafshon bog‘ida 7 ga yashil maydon yo‘q bo‘lib ketgan — Ekovazirlik

Samarqandda ikkita holatda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 800 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Ekologiya vazirligi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida noqonuniy qazish ishlari doimiy ravishda olib borilgani sababli 7 gektar yashil maydon yo‘q bo‘lib ketganini ma’lum qildi.


dayjest

Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik va qimor o‘yinlarini qonuniylashtirish bo‘yicha tuzatishlarni qabul qildi

Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Deputat Ilhom Abdullayev qimor o‘yinlarini reklama qilish bo‘yicha cheklovlar belgilanmaguncha bukmekerlar faoliyatiga ruxsat bermaslik kerakligini ta’kidladi.


dayjest

Firibgarlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi

Avtomobil oldi-sotdisida firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2015-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyadan deportatsiya qilindi. Istanbuldagi bosh konsulxona undan jabr ko‘rgan fuqarolardan IIVga murojaat qilishni so‘radi.


dayjest

Samarqandda 5 kishi qo‘lbola spirtli ichimlikdan halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 5 nafar erkak qo‘lbola usulda yasalgan spirtli ichimlik ichish oqibatida halok bo‘ldi. Mahsulotni sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

Namangan va Andijonda jami 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Namanganning Chust tumanida tadbirkorlar o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi. Andijon shahrida ta’lim muassasasi 892 mln so‘m zarar yetkazdi. Ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.


dayjest

Salim Abduvaliyev sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbarligidan ketdi

Sport kurashlari assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib kelgan Salim Abduvaliyev lavozimdan ketdi. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev assotsiatsiya raisi etib saylandi.


dayjest

2024-yilda Toshkent aholisining Xalq nazorati’ga murojaatlarining asosiy qismi UJKXga doir bo‘ldi

Xalq nazorati xizmati 2024-yildagi faoliyati natijalarini taqdim etdi. Toshkent aholisi o‘tgan yilgidan 1,5 karra ko‘p murojaat yubordi, 89,6 foizi ko‘rib chiqildi va yopildi. Aksariyati kommunal xo‘jaligi muammolari bilan bog‘liq, 20 foizi daraxt kesish va chiqindi, 10 foizga yaqini yo‘l va trotuar holatiga oid.


dayjest

O‘zbekistonda 500 nafar rahbar shaxslarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi

Rahbar kadrlarni baholash markazida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, xalqaro tashkilotlar tomonidan bildirilgan tavsiyalarni bajarilishi monitoring qilinadi.


dayjest

Xavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar importi ustidan nazorat kuchaytiriladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston hududida xavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazorat yanada kuchaytirilishi belgilanmoqda. Hujjat bilan respublikaga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar ro‘yxati tasdiqlandi.


dayjest

Samarqandda yerusti metrosi qurilishi mumkin

Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metrosi qurilishi rejalashtirilmoqda. Metro yangi quriladigan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi hududida bo‘ladi.


dayjest

“Barchamiz — qaysi sohada ishlamaylik, Vatan himoyachisi bo‘lishimiz zarur” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. “Bugungi kunda barchamiz — qaysi soha, qanday lavozimda ishlamaylik, Vatan himoyachisi bo‘lishimiz zarur. Bu talabni davrning o‘zi oldimizga qat’iy vazifa qilib qo‘ymoqda va xalqimiz ham bizdan aynan shuni kutmoqda”, deyiladi tabrikda.


dayjest

So‘rovnoma: O‘zbekistonda xotin-qizlar ham armiyaga borishi kerakmi?

Vatan himoyachisi deganda faqat erkaklar tushunilishi kerakmi? Ayollar-chi? O‘zbekistonda xotin-qizlar ham harbiy xizmatga borishi kerakmi? “Gazeta.uz” muxbiri 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent aholisining bu boradagi fikrlariga qiziqdi.


dayjest

Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralari o‘zgartirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.


dayjest

Toshkentdagi prezident maktabi Zayed Sustainability Prize mukofotining “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

Toshkentdagi prezident maktabi yomg‘ir suvini kundalik foydalanish uchun qayta ishlash loyihasi bilan Zayed Sustainability Prize mukofotining “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Loyihani amalga oshirish uchun pul mukofoti — 150 ming dollar. G‘oliblarni Shavkat Mirziyoyev ham tabrikladi.


Jahon

dayjest

Moskvada rossiyalik generalning o‘ldirilishi ishida 2 yangi figurant paydo bo‘ldi (asosiy ayblanuvchi — o‘zbekistonlik)

Rossiyalik general Igor Kirillovni o‘ldirish ishi bo‘yicha ikki kishi qo‘lga olindi, ular Ingushetiyada tug‘ilgan. Hibsga olinganlar asosiy ayblanuvchi — o‘zbekistonlik Ahmad Qurbonov uchun Moskva viloyatida uy ijaraga olganlikda gumonlanmoqda.


dayjest

Qatar Isroil va HAMASga sulh bitimi loyihasini taqdim etdi

Qatar bir yildan ortiq davom etayotgan muzokaralardan so‘ng Isroil va HAMASga G‘azo sektori bo‘yicha sulh bitimi loyihasini taqdim etdi, deb yozmoqda Reuters. Qatar tomonlarga o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitim matnini yetkazgan.


dayjest

“AQSh global raqobatda g‘alaba qozonmoqda”. Bayden o‘z tashqi siyosatining yakunlarini sarhisob qildi

So‘nggi to‘rt yil ichida AQSh va uning ittifoqchilari kuchliroq bo‘ldi, mamlakat raqiblari esa zaiflashdi, dedi prezident Jo Bayden o‘z ma’muriyatining tashqi siyosatini sarhisob qilar ekan. “Ayni paytda Qo‘shma Shtatlar global raqobatda g‘olib kelmoqda”, — dedi u.


dayjest

Agar saylovda g‘alaba qozonmaganida, Trampni hokimiyatni ushlab qolishga urinishda ayblashlari mumkin edi — maxsus prokuror

2020-yilda hokimiyatni ushlab qolishga urinish bo‘yicha AQSh saylangan prezidenti Donald Trampga qarshi dalillar sudda ayblov hukmi chiqarish uchun yetarli bo‘lardi, deyiladi tergovni olib borgan maxsus prokuror hisobotida. U, shuningdek, Kapitoliyga bostirib kirish uchun javobgarlikni Trampga yukladi.


dayjest

Isroil va HAMAS kelishuvi bo‘yicha muzokaralar “yakuniy bosqichda” — Qatar TIV

Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida sulh tuzish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar “yakuniy bosqichda”, dedi kelishuvga vositachilik qilayotgan Qatar TIV.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!