14-yanvar O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi va ko‘pchilik mazkur sanani erkaklar bayrami sifatida qabul qiladi. Bayram bilan ham asosan, erkaklar tabriklanadi. Lekin vatan himoyachisi deganda faqat erkaklar tushunilishi kerakmi? Ayollar-chi? O‘zbekistonda xotin-qizlar ham harbiy xizmatga borishi kerakmi? “Gazeta.uz” poytaxt aholisining bu boradagi fikrlariga qiziqdi.

Respondentlarning ayrimlari vatan himoyachisi faqat erkaklar degan bo‘lsa, ko‘pchiligi ayollar ham bu borada erkaklardan ortda emasligi, farzand dunyoga keltirib, yurt himoyachisi tarbiyalashga hissa qo‘shishini ta’kidladi. Ba’zilar xotin-qizlarning vazifasi oilada ekani va uy ishlarini bajarishi lozimligini qayd etib, ayollarning harbiy xizmatga borishiga ijobiy qaramasligini bildirdi. Ayrimlar esa qiz bolaning qiziqishi va xohishi bo‘lsa, armiyaga borishini, vatanni himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanini aytdi.

Aholining fikrlari bilan batafsil quyidagi video orqali tanishish mumkin: