Markaziy bank 2024-yilda qo‘shimcha naqd pul chiqardi va muomaladagi banknotlar sonini 152 million donaga oshirdi.
Shu bilan birga, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, nominal qiymati bo‘yicha naqd pullar tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi:
- 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 18,6% dan 23,4% gacha oshdi;
- 20 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 4,4% dan 6,7% gacha;
- 100 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 42,5% dan 40,9% gacha kamaydi;
- 50 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 20,5% dan 16,6% gacha;
- 10 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 7,3% dan 7% gacha;
- 5000 so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 5,3% dan 4,1% gacha;
- 2000 so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 0,6% dan 0,7% gacha oshdi;
- 1000 so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 0,7% dan 0,6% gacha kamaydi.
Markaziy bank eski namunadagi banknotlarni bosqichma-bosqich muomaladan chiqarish, ularni yangi namunadagi kupyuralarga almashtirishni davom ettirmoqda. Natijada naqd pul tarkibida eski banknotlarning ulushi sezilarli darajada kamaydi:
- 5 000 so‘m: 67% dan 25% gacha.
- 10 000 so‘m: 64% dan 24% gacha.
- 50 000 so‘m: 61% dan 25% gacha.
- 100 000 so‘m: 39% dan 18% gacha.
Chakana savdo va pullik xizmat sferalarida to‘lovlarni yaxshilash maqsadida qo‘shimcha ravishda 54,5 milliard so‘mlik tangalar muomalaga chiqarildi, bu umumiy pul massasining 0,3 foizini tashkil etdi. Ulardan asosan qaytim sifatida foydalanildi.