UzAuto Motors 16-yanvar kuni Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobillari xaridi uchun kontraktatsiyani ochadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya bu kuni avvalgi kontraktatsiyada tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan hajmlar qayta kontraktatsiyaga qo‘yilishini ma’lum qildi.
“Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar 16-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab savdo.uzavtosanoat.uz onlayn platformasi va UzAvtoSavdo ilovasi orqali tuzilishi mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Kompaniya avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozimligini eslatgan.
UzAuto Motors 7-yanvar kuni ham Cobalt uchun kontraktatsiyani ochgandi. O‘shanda kontraktatsiyaga Cobalt GX-MIDNIGHT AT`dan tashqari, narxi biroz arzonroq komplektatsiya — Cobalt GX-STYLE AT PLUS ham qo‘yilgandi.