Siyosat
Avazjon Karimov O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi etib saylandi
Avazjon Karimov O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi bo‘ldi. U kelgusida mamlakatda mazkur sport rivojini yanada oshirish yo‘lida bor kuchini ishga solishini bildirdi.
Belarusning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Belarus sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Ogorodnikov 2018-yildan buyon ishlab kelgan Leonid Marinich o‘rniga O‘zbekistondagi yangi elchi etib tayinlandi.
O‘zbekiston va BAA 2030-yilga borib tovar ayirboshlash hajmini 10 barobarga oshirishni kelishib oldi
Shavkat Mirziyoyev va BAA prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon 2025−2027-yillarni O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri deb e’lon qildi. Bunda 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga ko‘paytirish asosiy vazifa etib belgilandi.
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi
O‘zbekiston va BAA prezidentlarining muzokaralari yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Bundan tashqari, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda moliyaviy-texnik hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonda mahalla raislarining vakolat muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qonun birdaniga uch o‘qishda qabul qilindi
Deputatlar mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni birdaniga uch o‘qishda qabul qildi. Spiker oldinda 40 dan ortiq qonun borligini ta’kidlab, hujjatni qabul qilishni tezlashtirishni taklif qildi. Mahalla raislari saylovi may oyida bo‘lib o‘tadi.
Iqtisodiyot
UzAuto Motors 16-yanvar kuni Cobalt Midnight uchun shartnomalar beradi
UzAuto Motors 16-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Chevrolet Cobalt Midnight avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avvalgi shartnomalar bo‘yicha to‘lovi vaqtida amalga oshirilmagan avtomobillarga qayta shartnoma tuzadi.
O‘zbekistonda 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi oshdi, eski kupyuralar bosqichma-bosqich muomaladan chiqarilmoqda
O‘zbekistonda muomaladagi 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 18,6% dan 23,4% gacha o‘sdi, 100 ming so‘mlik kupyuralar ulushi esa 40,9% gacha kamaydi. MB qo‘shimcha ravishda 54,5 mlrd so‘mlik yangi tangalarni muomalaga chiqardi.
2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxonasi. Ro‘yxatda kimlar bor?
2024-yilda davlat va xususiy sektor bo‘yicha O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan top-10 korxona e’lon qilindi. Davlat korxonalari orasida “NKMK”, “OKMK” va “Navoiyuran” yetakchilikni saqlab qoldi, xususiy sektorda UZBAT, Tashkent Tobacco va GID License Plate yetakchi bo‘ldi.
Dekabrda aholi eng ko‘p go‘sht, sut va benzin narxi oshganini sezdi
Dekabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi. Bu 2023-fevralidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Oy davomida aholiga eng ko‘p go‘sht, sut, benzin, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshgani sezildi.
4,4 mln nafar: 2024-yilda o‘zini o‘zi band qilganlar soni 76,5 foizga ko‘paydi
Davlat soliq qo‘mitasi 2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4,4 mln nafardan oshganini ma’lum qildi. Yil davomida ko‘rsatkich 76,5 foizga (1,9 mln nafar) oshgan. Eng yuqori o‘sish maishiy xizmatlar hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida kuzatilgan.
2024-yil yakunida muomaladagi naqd pul ulushi 20% dan pasaydi — MB
2024-yilda muomaladagi naqd pul ulushi 21,5% dan 19,2% gacha kamaydi, deb xabar qildi Markaziy bank. Kartadan pul yechib olish ulushi ham pasaydi.
O‘zbekiston aeroportlari 2024-yilda 13,5 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
O‘zbekiston xalqaro aeroportlari 2024-yilda 13,5 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu 2023-yilga nisbatan 30% ga ko‘p. Xizmat ko‘rsatilgan reyslar soni 33% ga oshib, 113,6 mingtaga yetdi.
Jamiyat
Toshkent ramzlariga chizgilar: “Chorsu” mehmonxonasi
Toshkent markazida joylashgan, bir vaqtlar shahar ramzi va me’morlar iftixori hisoblangan “Chorsu” mehmonxonasi bugun qarovsiz qolib, buzilmoqda. “Gazeta.uz” rekonstruksiyasi amalga oshmagan sovet modernizmi yodgorligining tarixi, taraqqiyoti va tanazzuli haqida hikoya qiladi.
Aktyor Ravshan Jo‘rayev 63 yoshda vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori Ravshan Jo‘rayev 63 yoshda vafot etdi.
Samarqandda 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi
Samarqand shahrida 8-sinfda o‘quvchi qiz o‘zini 8-qavat yo‘lak derazasidan tashlab halok bo‘ldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza va mas’ul idoralarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
O‘zgidromet 18−22-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
“Afrosiyob” chipta narxlari qimmat bo‘lsa, marhamat, arzon poyezdlardan foydalanish mumkin — “O‘ztemiryo‘lovchi” vakili
“O‘ztemiryo‘lovchi” kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i Fozilbek Masharipov “Afrosiyob” chipta narxlarining qimmatligiga e’tiroz bildirayotgan odamlarga arzon poyezdlardan foydalanishni tavsiya qildi. “Baland narxli poyezdlarimizdan norozi bo‘lishsa, marhamat, bizda oddiy poyezdlarimiz ham o‘sha joyga boradi”, — dedi u.
Jasjan nomi bilan tanilgan bloger besh sutkaga qamaldi
Toshkentda Jasjan nomi bilan tanilgan bloger Instagram`ga video olish uchun jamoat joyida bir qiz bilan janjal uyushtirdi. Sud unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi, qizga esa 375 ming so‘m jarima tayinladi. Bloger avval ham bir necha bor qamoq jazosini o‘tab chiqqan.
“1000 kitob” loyihasi uchun menejerlar ishga olinishi e’lon qilindi
“Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasi 2024-yili 50 ta ilmiy-ommabop kitobni o‘zbekchaga o‘girdi. 2025-yilda badiiy va bolalar adabiyotlari ham tarjima qilinishi rejalashtirilgan. Hozirda loyiha uchun kontent-menejer va tashkiliy-moliyaviy menejer izlanmoqda. Nomzodlarga, jumladan, yuqori maosh taklif qilinadi.
Toshkent viloyatidagi postda 700 dan ortiq bug‘u shohini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida ikki holatda 717 dona bug‘u shohini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Ular shohlarni deklaratsiyada yozib ko‘rsatmagan va og‘zaki so‘rovda ham ma’lum qilmagan.
Buxoroda ikki ming yillik tarixga ega qurol-aslahalar topildi
Buxoroning Qorako‘l tumanidagi Poykent manzilgohidan miloddan avvalgi va milodiy I asrlarga tegishli jangovar qurol-aslahalar topildi. Ular orasida olovni tashishda ishlatilgan qo‘ng‘iroq hamda hali vazifasi aniqlanmagan aylana shakldagi qurilma ham mavjud.
“Toshshahartransxizmat” avtobus haydovchi ayollarning ishini maqtadi, tashkilot ularning sonini ko‘paytirmoqchi
“Toshshahartransxizmat” avtobus boshqaradigan ayollar sonini oshirishni reja qilmoqda. Hozir ishlayotgan 2 ayol haydovchining ishi tashkilotga yoqqan: ular kamroq qoida buzadi, yo‘lda telefondan foydalanmaydi, o‘z vaqtida ishga kelib-ketadi. AJ 500 nafar ayolni haydovchilikka o‘qitib, 200 ta avtobusda ishlatish niyatida.
Uzbekistan Airways`ning dvigatelida nosozlik kuzatilgan samolyoti Moskvaga xavfsiz qo‘ndi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Buxoro — Moskva yo‘nalishidagi samolyoti Rossiya aeroportiga qo‘nish paytida dvigatellaridan biri ishdan chiqdi. Ekipaj zaruriy choralarni ko‘rib, havo kemasini muvaffaqiyatli qo‘ndirdi.
Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida yolg‘on axborot tarqatganlar jarimaga tortildi
Tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida video paydo bo‘ldi. Aslida joriy ta’mirlash ishlari aks etgan videoni 2 kishi yolg‘on izoh bilan tarqatgani aniqlandi. Ularning har biriga 7,5 mln so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.
Andijon tumanining sudlangan sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev yana rahbar bo‘ldi
Abdujabbor Egamberdiyev Kasaba uyushmalari federatsiyasi Andijon viloyati kengashi raisi bo‘ldi. U 2022-yilda prezident buyrug‘i bilan “davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib harakatlari” uchun Andijon tumani hokimligidan olingandi. Sud unga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlab, so‘ng shartli ozod qilgan.
Qashqadaryo viloyatida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 3,9 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 363 km uzoqda joylashgan.
Hududlarda qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan va sotayotganlar ushlandi
Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida qo‘lbola alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi. Xususan, Yangiyo‘l tumanida yashirin sex tashkil etgan fuqaroning uyidan “O‘zbegim” nomli qo‘lbola alkogol mahsulotlari va 120 litr spirt ashyoviy dalil sifatida olindi.
Endi joylashgan yeri o‘zgargan tadbirkorlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi
O‘zbekisitonda yuridik shaxslarning joylashgan yeri o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etildi. Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lamaydigan bo‘ldi.
Toshkent shahriga 3 mingta avtobus yetarli bo‘ladi — “Toshshahartransxizmat” vakili
Toshkent shahridagi harakat tarkibida hozir 1847 ta avtobus bor, ularning 1557 tasi kunlik yo‘nalishga chiqariladi. “Toshshahartransxizmat” rahbari o‘rinbosarining aytishicha, shahar maydoni, aholi, har yuz ming kishiga taqsimlangan avtobus sonidan kelib chiqib, poytaxtga 3000 ta avtobus yetarli bo‘ladi.
Deputatlar o‘ziga kredit berilishini taqiqlash qonunini qabul qildi
Qonunchilik palatasi fuqarolarga o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash huquqini beruvchi qonunni qabul qildi. Bepul bo‘ladigan xizmat mijozning roziligisiz kredit olish yoki pulli operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini cheklashga mo‘ljallangan.
O‘zbekistonda o‘g‘itlar xavfsizligiga doir talablar o‘zgardi
Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament yangi tahrirda tasdiqlandi. U organik va organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga, ularning ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga, yo‘q qilishga, qayta ishlashga hamda sotishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Qashqadaryoda kanalizatsiyada qolib ketgan 2 fuqaro qutqarildi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida kanalizatsiyadagi chiqindilarni tozalash maqsadida tushgan 2 nafar xodim undan chiqolmay qoldi. Quduq ichida suv ko‘payib ketgan va ulardan birining tobi qochgan. FVV qutqaruvchilari ishchilarni olib chiqdi va shifoxonaga joylashtirdi.
Sport
Hamma uchun kutilmagan voqea bo‘ldi — Temur Kapadze Abduqodir Husanovning “Manchester Siti"ga transferi haqida
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Temur Kapadze Qozog‘iston nashriga qisqa intervyu berib, Abduqodir Husanov transferi, Qozog‘iston va O‘zbekiston futboli haqida gapirdi. “Shunday nomdor klub va murabbiy Husanovni taklif qilgani uchun futbolchimizdan juda xursandmiz va faxrlanamiz”, — dedi u.
Jahon
Janubiy Koreya prezidenti ikkinchi urinishda hibsga olindi
Tergovchilar ikkinchi urinishda Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yolni isyonchilikda ayblab hibsga oldi. Bu amaldagi, lekin hokimiyatdan chetlatilgan davlat rahbarining qo‘lga olinishidagi ilk holatdir.
Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi
Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi. Hujjat doirasida xavfsizlik va mudofaa, iqtisodiyot va demokratiya sohalarida hamkorlikni kengaytiradigan maxsus komissiya tuziladi. Armaniston ISHIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shiladi.
Braziliya maktablarida mobil telefonlardan foydalanish taqiqlandi
Braziliya hukumati mamlakatdagi boshlang‘ich va o‘rta maktablarda smartfonlardan foydalanishni chekladi. Ta’lim vazirligining ta’kidlashicha, prezident tomonidan imzolangan qonun “bolalar va o‘smirlarning ruhiy, jismoniy hamda psixologik salomatligini himoya qilishga qaratilgan”.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!