15-yanvar kuni ertalab Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida qutqaruvchilar kanalizatsiyadan chiqolmayotgan 2 nafar fuqaroni qutqardi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Tutzor mahallasi hududidagi yo‘l yoqasida joylashgan kanalizatsiya qudug‘iga “Suv Oqova” MCHJning 2 nafar xodimi tozalash maqsadida tushgan. Ular quduqdan qaytib chiqa olmagan va FVBga xabar berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, chuqurligi 3 metr, diametr 1 metr bo‘lgan quduqning suv o‘tish yo‘liga tiqilib qolgan chiqindilarni tozalash maqsadida 1 nafar ishchi tushgan va suv ko‘payib ketib, suv yutishi oqibatida tobi qochgan hamda chiqa olmay qolgan. Unga yordam berish maqsadida tushgan sherigi ham kanalizatsiyada qolib ketgan.

fvv, kanalizatsiya, qashqadaryo, qutqaruvchilar

Qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqarolarni qutqarib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborgan. Hozirda ular shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.